https://oz.sputniknews.uz/20260326/tashkent-mirziyoev-rahmon-kelishuvlar-56528807.html
Toshkentda Mirziyoyev va Rahmon hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishdi
Toshkentda Mirziyoyev va Rahmon hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishdi
Sputnik O‘zbekiston
Ko‘ksaroyda Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon muzokara o‘tkazdi. Tomonlar savdo hajmini 2 mlrd dollarga yetkazish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, transport, suv-energetika va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikni muhokama qildi.
2026-03-26T17:27+0500
2026-03-26T17:27+0500
2026-03-26T17:33+0500
o‘zbekiston
iqtisod
hamkorlik
tojikiston
savdo
energetika
shavkat mirziyoyev
emomali rahmon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/1a/56528381_0:99:1900:1168_1920x0_80_0_0_4c35d183575f01bdc8a4347e7d0e5a93.jpg
TOShKENT, 26 mar – Sputnik. Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon tor doirada muzokara o‘tkazdi hamda Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, tashrif arafasida Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, sanoat ko‘rgazmasi, hududlar, rektorlar, olimlar, yoshlar va tahlil markazlari forumlari tashkil etildi. Ayni kunlarda O‘zbekistonda Tojikiston madaniyati va kinosi kunlari ham o‘tkazilmoqda.Asosiy e’tibor o‘zaro savdoni oshirish, sanoat kooperatsiyasini rag‘batlantirish, transport sohasida o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, shuningdek suv va energetika xavfsizligini kuchaytirishga qaratildi. O‘tgan yili tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard dollarga yetgani, 2030-yilgacha esa bu ko‘rsatkichni 2 milliard dollarga chiqarish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgani ta’kidlandi.Bu maqsadga erishish uchun “Oybek – Fotihobod” chegaraoldi savdo markazini barpo etishni jadallashtirish, mahsulotlarni sertifikatlash va “E-Permit” ruxsatnomalarini raqamli almashish tizimini joriy etish, chegara nazorat punktlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.Shuningdek, tog‘-kon, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, yengil sanoat va qurilish sohalarini qamrab olgan Sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilish, Qo‘shma investitsiya kompaniyasi kapitalini kengaytirish hamda ikki mamlakat hududida yangi qo‘shma loyihalarni boshlash rejasi ko‘rib chiqildi.Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish uchun keng qamrovli “yo‘l xaritasi” qabul qilinishi belgilandi.
https://oz.sputniknews.uz/20260325/emomali-rahmon-uzbekistan-kelish-56499083.html
o‘zbekiston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/1a/56528381_106:0:1794:1266_1920x0_80_0_0_1a638acb990b945def08a52a70dd2588.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, emomali rahmon, o‘zbekiston, tojikiston, oliy davlatlararo kengash, o‘zaro savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport, suv resurslari, energetika, qo‘shma investitsiya kompaniyasi
shavkat mirziyoyev, emomali rahmon, o‘zbekiston, tojikiston, oliy davlatlararo kengash, o‘zaro savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport, suv resurslari, energetika, qo‘shma investitsiya kompaniyasi
Toshkentda Mirziyoyev va Rahmon hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishdi
17:27 26.03.2026 (yangilandi: 17:33 26.03.2026) Uchrashuvda ikki davlat rahbarlari savdo, sanoat, transport va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator qarorlar va yangi tashabbuslarni ko‘rib chiqdi.
TOShKENT, 26 mar – Sputnik. Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon tor doirada muzokara o‘tkazdi hamda Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati
xabar berdi.
Qayd etilishicha, tashrif arafasida Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, sanoat ko‘rgazmasi, hududlar, rektorlar, olimlar, yoshlar va tahlil markazlari forumlari tashkil etildi. Ayni kunlarda O‘zbekistonda Tojikiston madaniyati va kinosi kunlari ham o‘tkazilmoqda.
Yig‘ilishda O‘zbekiston–Tojikiston hamkorligini yanada jadallashtirishga qaratilgan qator muhim qarorlar qabul qilindi.
Asosiy e’tibor o‘zaro savdoni oshirish, sanoat kooperatsiyasini rag‘batlantirish, transport sohasida o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, shuningdek suv va energetika xavfsizligini kuchaytirishga qaratildi. O‘tgan yili tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard dollarga yetgani, 2030-yilgacha esa bu ko‘rsatkichni 2 milliard dollarga chiqarish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgani ta’kidlandi.
Bu maqsadga erishish uchun “Oybek – Fotihobod” chegaraoldi savdo markazini barpo etishni jadallashtirish, mahsulotlarni sertifikatlash va “E-Permit” ruxsatnomalarini raqamli almashish tizimini joriy etish, chegara nazorat punktlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, tog‘-kon, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, yengil sanoat va qurilish sohalarini qamrab olgan Sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilish, Qo‘shma investitsiya kompaniyasi kapitalini kengaytirish hamda ikki mamlakat hududida yangi qo‘shma loyihalarni boshlash rejasi ko‘rib chiqildi.
Tomonlar madaniy-gumanitar aloqalar va xavfsizlik sohasidagi hamkorlik istiqbollarini ham muhokama qildi. Yirik diasporalar mavjudligini hisobga olib, madaniy va gumanitar aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha besh yillik chora-tadbirlar rejasini qabul qilish taklif etildi.
Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish uchun keng qamrovli “yo‘l xaritasi” qabul qilinishi belgilandi.