https://oz.sputniknews.uz/20260326/russia-oilalar-uzbekistan-bandlov-oshish-56511983.html
Bahorgi ta’tilda O‘zbekiston rossiyaliklar uchun eng ommabop yo‘nalish bo‘ldi
Bahorgi ta’tilda O‘zbekiston rossiyaliklar uchun eng ommabop yo‘nalish bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
“Ostrovok” ma’lumotiga ko‘ra, rossiyalik sayyohlarning bolalari bilan bahorgi ta’til uchun O‘zbekistonga bandlovlari 3 barobar oshgan. Mamlakatda bir kecha tunashning o‘rtacha narxi 7 ming rubl bo‘lgan
2026-03-26T09:58+0500
2026-03-26T09:58+0500
2026-03-26T10:05+0500
o‘zbekiston
turizm
sayyohlar
ta’til
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/131/51/1315178_0:0:2948:1658_1920x0_80_0_0_484a5b6af20f3f0ed37d943cf52e2721.jpg
TOShKENT, 26 mar – Sputnik. Rossiyalik sayyohlarning bolalari bilan bahorgi maktab ta’tili uchun sayohatlarida O‘zbekiston eng tez o‘sgan yo‘nalish bo‘ldi. “Ostrovok” ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda joylashtirishga talab 3 baravarga oshgan va O‘zbekiston o‘sish sur’ati bo‘yicha boshqa ommabop yo‘nalishlarni ortda qoldirgan.Shu bilan birga, Belarusda band qilish 56 foizga, Tailandda 33 foizga, Turkiyada 30 foizga ko‘paygan.Kompaniyaning qayd etishicha, bahorgi ta’til arafasida rossiyalik oilalar asosan vizasiz va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov mavjud mamlakatlarni tanlamoqda. Umuman, xorijiy yo‘nalishlarga talab o‘tgan bahorga nisbatan 75 foizga oshgan, barcha bronlarning 27 foizi esa chet el sayohatlariga to‘g‘ri kelgan. Tahlilchilarga ko‘ra, bolali sayyohlar orasida madaniy-tarixiy yo‘nalishlar, kurort hududlari va faol dam olish yo‘nalishlariga qiziqish yuqori bo‘lib qolmoqda. Rossiya ichida bunday sayohatning o‘rtacha davomiyligi 3 kechani, xorijda esa 4 kechani tashkil etgan.Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda bolali sayyohlar uchun bir kecha tunashning o‘rtacha narxi 7 ming rubl, ya’ni 1 million so‘mdan sal ortiqni tashkil qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260116/rossiyadan-ozbekistonga-sayyohlar-soni-qariyib-bir-millionga-etdi-54857242.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/131/51/1315178_109:0:2840:2048_1920x0_80_0_0_b6fbcb45e588460e066741141e21afdb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, rossiya, rossiyalik sayyohlar, sayohat, mehmonxona bandlovi, joylashtirish, belarus, tailand, turkiya, xitoy, armaniston, gruziya, vyetnam, yaponiya, abxaziya
o‘zbekiston, rossiya, rossiyalik sayyohlar, sayohat, mehmonxona bandlovi, joylashtirish, belarus, tailand, turkiya, xitoy, armaniston, gruziya, vyetnam, yaponiya, abxaziya
Bahorgi ta’tilda O‘zbekiston rossiyaliklar uchun eng ommabop yo‘nalish bo‘ldi
09:58 26.03.2026 (yangilandi: 10:05 26.03.2026) Vizasiz rejim va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar rossiyalik oilalarning qiziqishini kuchaytirdi: bahorgi ta’til arafasida O‘zbekiston bronlar o‘sishi bo‘yicha boshqa mashhur yo‘nalishlarni ortda qoldirdi.
TOShKENT, 26 mar – Sputnik. Rossiyalik sayyohlarning bolalari bilan bahorgi maktab ta’tili uchun sayohatlarida O‘zbekiston eng tez o‘sgan yo‘nalish bo‘ldi.
“Ostrovok”
ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda joylashtirishga talab 3 baravarga oshgan va O‘zbekiston o‘sish sur’ati bo‘yicha boshqa ommabop yo‘nalishlarni ortda qoldirgan.
Shu bilan birga, Belarusda band qilish 56 foizga, Tailandda 33 foizga, Turkiyada 30 foizga ko‘paygan.
Kompaniyaning qayd etishicha, bahorgi ta’til arafasida rossiyalik oilalar asosan vizasiz va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov mavjud mamlakatlarni tanlamoqda. Umuman, xorijiy yo‘nalishlarga talab o‘tgan bahorga nisbatan 75 foizga oshgan, barcha bronlarning 27 foizi esa chet el sayohatlariga to‘g‘ri kelgan.
Top-10 yo‘nalishlar qatoriga O‘zbekistondan tashqari Xitoy, Armaniston, Gruziya, Vyetnam, Yaponiya va Abxaziya ham kirgan.
Tahlilchilarga ko‘ra, bolali sayyohlar orasida madaniy-tarixiy yo‘nalishlar, kurort hududlari va faol dam olish yo‘nalishlariga qiziqish yuqori bo‘lib qolmoqda. Rossiya ichida bunday sayohatning o‘rtacha davomiyligi 3 kechani, xorijda esa 4 kechani tashkil etgan.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda bolali sayyohlar uchun bir kecha tunashning o‘rtacha narxi 7 ming rubl, ya’ni 1 million so‘mdan sal ortiqni tashkil qiladi.