O‘zbekistonda yashil energiya ishlab chiqarish hajmi 43% oshdi

© MinenergoNa Mubarekskoy teplovoy elektrotsentrali ustanovili bolee 1780 solnechnix paneley
Na Mubarekskoy teplovoy elektrotsentrali ustanovili bolee 1780 solnechnix paneley - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2026
Obuna bo‘lish
Bugun O‘zbekistonda 15 ta quyosh fotoelektr stansiyasi hamda 5 ta shamol elektr stansiyasi energiya ishlab chiqarmoqda.
TOShKENT, 22 mar - Sputnik. 2026 yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 2 mlrd kVt⋅soatga yetdi, deb xabar qilmoqda Energetika vazirligi.

"2026 yil boshidan kecha, 20-mart kuni holatiga quyosh fotoelektr stansiyalari tomonidan 959,2 mln kVt⋅soat, shamol elektr stansiyalari tomonidan esa 1 mlrd 56,2 mln kVt⋅soat, jami 2 mlrd 15,4 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davridagidan 43 foizga ko‘p", - deyiladi xabarda.

Bugungi kunda respublikada umumiy quvvati 5 582 megavatt bo‘lgan 15 ta quyosh fotoelektr stansiyasi hamda 5 ta shamol elektr stansiyasi "yashil" energiya ishlab chiqarmoqda.
Ma’lumki, respublikada qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanila boshlangan 2022-yili Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi quyosh fotoelektr stansiyalari tomonidan 434 mln kVt⋅soat, 2023-yilda esa 576,9 mln kVt⋅soat energiya ishlab chiqarilgan.
2024 yili 9 ta quyosh va 1 ta shamol elektr stansiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan jami elektr energiyasi hajmi 4 mlrd 860 mln kVt·soatni tashkil qilgan bo‘lsa, 2025-yilda barcha quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 10,5 mlrd kVt⋅soatga yetdi.
2026 yil boshidan 20-mart kuniga qadar O‘zbekistondagi barcha gidroelektr stansiyalar va quyosh hamda shamol elektr stansiyalari tomonidan 3 mlrd 160 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Buning natijasida 839 mln kub metr tabiiy gaz tejashga erishildi va atmosferaga 1 mln 808 ming tonnadan ortiq zararli moddalar chiqishining oldi olindi.
Rosstandart vvel novie pravila proverki schetchikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2026
Yer va mol-mulk solig‘i qarzi 1 mln so‘mdan oshganlarga elektr uchun to‘lov qilish cheklanadi
Yangiliklar lentasi
0