Eron AQSh bilan vaqtincha sulh tuzishga rozi emasligini aytdi

© AFP 2023 / Atta KenareVid na gorod Tegeran, Iran
Vid na gorod Tegeran, Iran  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2026
Obuna bo‘lish
Biz urushni uzuoq muddatli va keng qamrovli to‘xtatishni istaymiz, toki hech kimda uni qayta boshlash istagi paydo bo‘lmasin - Eron tashqi ishlar vaziri.
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Tehron AQSh va Isroil bilan sulhga rozi emas, dedi Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Yaponiyaning Kodo axborot agentligiga bergan intervyusida.
"Biz sulhga rozi bo‘lmaymiz. Biz urushning to‘liq, keng qamrovli va uzoq muddatli tugashini istaymiz", dedi u.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Tehron mojaroni vaqtinchalik to‘xtatish emas, balki yakuniy hal qilishga erishish niyatida.
AQSh va Isroilning Islom Respublikasiga qarshi operatsiyasi uchinchi haftasiga kirmoqda. Eron o‘zini himoya qilishga tayyorligini ta’kidladi va muzokaralarni qayta boshlashning ma’nosini ko‘rmayapti.
AQSh va Isroilning Eronga hujumi

AQSh va Isroil 28-fevral kuni Eronga zarba berishni boshladi. Zarbalar Eronning yadroviy dasturi borasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda amalga oshirildi. Vashington va Tehron muzokaralarining so‘nggi bosqichi 26-fevral kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan edi.

AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eron Oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘ldi. Undan tashqari, Minob shahrida qizlar boshlang‘ich maktabiga berilgan zarba oqibatida 171 nafar bola va 15 nafar o‘qituvchilar halok bo‘ldi.

Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga javob zarbalari berdi. Bir necha kun davomida BAA, Bahrayn, Ummon, Iroq, Saudiya Arabistoni, Qatar va boshqa qator davlatlardagi AQSh harbiy bazalari zarbaga uchradi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron oliy rahbariga suiqasd barcha insoniy axloq normalari va xalqaro huquqni buzish ekanini ta’kidladi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Isroilning hujumlarini qoraladi va zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.

Rossiya va Xitoy 1-mart kuni BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisini chaqirdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0