“Uyg‘onish vaqti keldi”: Orban Yevropaga chaqiriq bilan chiqdi

© AP Photo / Denes ErdosPremyer-ministr Vengrii Viktor Orban
Premyer-ministr Vengrii Viktor Orban - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2026
Obuna bo‘lish
Vengriya bosh vaziri Rossiyaning arzon energiya resurslarisiz Yevropa inqirozdan chiqa olmaydi deb hisoblaydi.
TOShKENT, 20 mar – Sputnik. Vengriya bosh vaziri Yevropani Rossiyaning energiya resurslaridan foydalanishga chaqirdi. Bu haqda siyosatchi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida post yozdi.

“Uyg‘onish vaqti keldi! Rossiyaning arzon energiya resurslarisiz Yevropa neft inqirozini bartaraf eta olmaydi”, - deya yozgan Vengriya bosh vaziri.

AQSh va Isroil 28-fevral kuni Eron hududidagi obyektlarga zarba berishni boshladi. Eron Isroil hududiga hamda AQShning Yaqin Sharq mintaqasidagi harbiy obyektlariga qarshi hujumlarni amalga oshirmoqda.
Eron atrofidagi mojaroning avj olishi Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan neft va suyultirilgan tabiiy gazni jahon bozoriga yetkazib berishning asosiy yo‘nalishi bo‘lgan Ho‘rmuz bo‘g‘ozining amalda bloklanishiga olib keldi va mintaqa mamlakatlarining neft eksporti va ishlab chiqarish darajasiga ta’sir ko‘rsatdi. Buning ortidan neft narxi keskin qimmatlashdi.
Spespredstavitel prezidenta RF po investitsionno-ekonomicheskomu sotrudnichestvu s zarubejnimi stranami Kirill Dmitriyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2026
AQSh dunyo bozori Rossiya neftiga qaram ekanini tan oldi – Dmitriyev
Yangiliklar lentasi
0