Yevropa siyosati urush targ‘ibotida qurilmoqda – Medvedchuk

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishZasedanie suda po delu V. Medvedchuka v Kiyeve
Zasedanie suda po delu V. Medvedchuka v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2026
Obuna bo‘lish
Uning aytishicha, Yevropa siyosati madaniyatini, jumladan, cheklanganlik, jon talashish, neonatsizmga almashtirib qo‘yishgan.
TOShKENT, 20 mar – Sputnik. Yevropa avvalgi prinsiplari va o‘zligidan voz kechib, o‘z siyosatini urush targ‘iboti asosida qurmoqda. Bunday fikrni “Boshqa Ukraina” harakati rahbari, “Muxolifat platformasi — hayot uchun” partiyasining sobiq yetakchisi Viktor Medvedchuk bildirdi.

“Bugungi Yevropa siyosati faqat urush targ‘iboti va G‘arb gegemoniyasida turibdi va o‘zining ilgarigi prinsiplarini batamom unutdi”, - deya yozdi u harakat saytida chop qilingan o‘zining maqolasida.

Siyosatchining bildirishicha, ulug‘lik vasvasasi jazavasi Yevropa siyosatining qonli masxaraboz Vladimir Zelenskiy oldida xo‘rlanishiga olib kelgan.
Medvedchuk Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Kiyev har qanday tajovuzkor siyosat yuritmasin, YeI ukrainlarga cheksiz yordam – ham qurol-yarog‘ bilan, ham pul bilan yordam ko‘rsatayotganini qayd etganini” eslatdi.
Uning ta’kidlashicha, shu tariqa, Yevropa siyosati madaniyati yo‘q bo‘lgan.

“Uni cheklanganlik, jon talashish, neonatsizm, odamsevmaslik, jangovar hayqiriqlar, suyuklar ustidagi raqslar va siyosiy qonxo‘rlikka almashtirib qo‘yishdi”, - deya xulosa qildi siyosatchi.

Voyennoslujashie vo vremya sovmestnix ucheniy Ukraini i stran NATO Rapid Trident-2021  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Zelenskiy mantig‘iga ko‘ra, Rossiya chegaralari Ukraina g‘arbigacha yetib borishi mumkin—Medvedchuk
Yangiliklar lentasi
0