Yil boshidan buyon O‘zbekistonga eng ko‘p turist kelgan top-5 davlat

Obuna bo‘lish
Yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekistonga kelgan xorijiy sayyohlar soni keskin oshdi, tashrif buyuruvchilarning asosiy qismi qo‘shni davlatlar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-fevral oylarida 156 ta mamlakatdan jami 1 776 336 nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 441 ming nafarga yoki 33 foizga oshgan.
Tashrif buyuruvchilarning 77,5 foizini qo‘shni davlatlar — Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston fuqarolari tashkil etgan. Top-5 mamlakatlar qatoriga Rossiya va Afg‘oniston ham kirgan.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0