Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida “Toshkent” avtovokzalidan qo‘shimcha reyslar yo‘lga qo‘yildi

© Transport boshqarmasi matbuot xizmatiToshkent avtovokzali
Toshkent avtovokzali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2026
Obuna bo‘lish
Bayram kunlari yo‘lovchilar oqimi oshishi munosabati bilan poytaxtdan qator shaharlarga har kuni 70 tadan ortiq qo‘shimcha avtobus qatnovi tashkil etilmoqda.
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Navro‘z bayrami va Ramazon hayiti arafasida “Toshkent” avtovokzalidan shaharlararo yo‘nalishlarda qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, amaldagi reyslardan tashqari har kuni shaharlararo yo‘nalishlarda 70 tadan ortiq qo‘shimcha avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.
Qo‘shimcha reyslar Zomin, Samarqand, Jarqo‘rg‘on, Buxoro, Qorako‘l, Mirbozor, Navoiy, Jo‘sh, Nurota, Zarmitan, Zarafshon, Xatirchi, Qiziltepa, Konimex, Uchquduq, Kadan, Payariq, Shahrisabz, Qarshi, G‘uzor, Sherobod, Termiz, Denov, Uzun, Urganch, Xiva, Gurlan, To‘rtko‘l va Nukus yo‘nalishlarida amalga oshirilmoqda.
Qatnov jadvali va chipta narxlari bilan avtovokzalning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali tanishish mumkin.
Chiptalarni avtovokzal chiptaxonalarida hamda “UzBus” mobil ilovasi orqali onlayn tarzda xarid qilish mumkin.
Iz Tashkenta vnov zapustat pramie avtobusnie reysi na Charvak. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2026
Toshkent-Chorvoq mavsumiy avtobus harakati qayta yo‘lga qo‘yiladi: jadval va chipta narxi
Yangiliklar lentasi
0