Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIda neft, gaz va elektr energiyasining umumiy bozorlari masalasi muhokama qilindi

© Ministerstvo energetiki RFSostoyalos soveshanie po formirovaniyu obshix rinkov energeticheskix resursov YeAES
Sostoyalos soveshanie po formirovaniyu obshix rinkov energeticheskix resursov YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2026
Obuna bo‘lish
2030 yilgacha umumiy gaz bozorini rivojlantirish rejasi ham kun tartibida bo‘ldi.
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Rossiya energetika vaziri Sergey Sivilov Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK)ning energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralarda neft va neft mahsulotlarining umumiy bozorlarini shakllantirish bo‘yicha xalqaro shartnoma tayyorlash jarayoni, 2030-yilgacha umumiy gaz bozorini rivojlantirish rejasi, shuningdek, YeOII umumiy elektr energiyasi bozorini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar YeOIIda umumiy elektr energiyasi bozorini yanada shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Shu bilan birga, umumiy energiya resurslari bozorlariga oid asosiy strategik hujjatlarni tezroq qabul qilish zarurligi ta’kidlandi.
Alohida e’tibor gaz sohasiga qaratildi. Sivilov Rossiyaning umumiy gaz bozorini rivojlantirish rejasi loyihasi bo‘yicha konsolidatsiyalashgan pozitsiyasi komissiyaga yuborilgani va u avval qabul qilingan qarorlarga to‘liq mos kelishini ma’lum qildi.
Tomonlar shartnoma shaklini tasdiqlashni jadallashtirish va elektron hujjat aylanishini yo‘lga qo‘yish zarurligini ham qo‘llab-quvvatlashdi.
Ministr po energetike i infrastrukture YeEK Arzibek Kojoshev. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2025
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda energetika va transport sohasida erishilgan asosiy natijalar — vazir ma’lum qildi
Yangiliklar lentasi
0