https://oz.sputniknews.uz/20260319/davlat-idoralar-qogoz-xarajat-qisqarish-56373219.html
Birinchi maydan davlat idoralarida qog‘oz, siyoh va printer xarajatlari qisqaradi
Birinchi maydan davlat idoralarida qog‘oz, siyoh va printer xarajatlari qisqaradi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda davlat idoralarida qog‘oz sarfini kamaytirish choralari belgilandi. 1-maydan qog‘oz, siyoh va printer xarajatlari har yili 15 foizga qisqartiriladi, har oyda esa “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkaziladi.
2026-03-19T11:25+0500
2026-03-19T11:25+0500
2026-03-19T11:32+0500
o‘zbekiston
jamiyat
hokimiyat
qog‘ozbozlik
iqtisod
raqamli texnologiyalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/13/56373362_0:80:1536:944_1920x0_80_0_0_10a3d33136087921392950777d23a29c.png
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. O‘zbekistonda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida qog‘oz sarfini qisqartirish choralari belgilandi. Bu bo‘yicha tegishli hukumat qarori qabul qilindi.Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-maydan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida qog‘oz, siyoh, printer va nusxa ko‘chirish uskunalarini xarid qilish xarajatlari kelgusi besh yil davomida har yili 15 foizga kamaytirilgan holda rejalashtiriladi.1 iyunga qadar ishlatilgan qog‘ozlarni yig‘ish uchun maxsus chiqindi qutilari tashkil etiladi va ularni qayta ishlash korxonalariga yetkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Har bir tarkibiy bo‘linmada esa xodimlar soni, ish hajmi va haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda qog‘oz sarfi bo‘yicha cheklov joriy qilinadi.Bundan tashqari, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida har oyda bir marta “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkaziladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251128/ozbekistonni-byurokratiya-xoli-53799009.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/13/56373362_86:0:1451:1024_1920x0_80_0_0_4ca889aa88438923ddb60bf35699bc3c.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, hukumat qarori, davlat idoralari, hokimiyat organlari, qog‘oz sarfi, qog‘oz xarajatlari, printer, siyoh, raqamlashtirish, qog‘ozsiz bir kun, ekoaksiya, mahalliy ijro hokimiyati
o‘zbekiston, hukumat qarori, davlat idoralari, hokimiyat organlari, qog‘oz sarfi, qog‘oz xarajatlari, printer, siyoh, raqamlashtirish, qog‘ozsiz bir kun, ekoaksiya, mahalliy ijro hokimiyati
Birinchi maydan davlat idoralarida qog‘oz, siyoh va printer xarajatlari qisqaradi
11:25 19.03.2026 (yangilandi: 11:32 19.03.2026) 1 maydan respublika va mahalliy ijro hokimiyati organlarida qog‘oz va chop etish xarajatlari qisqartirilib, printerlardan umumiy foydalanish tartibi joriy etiladi.
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. O‘zbekistonda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida qog‘oz sarfini qisqartirish choralari belgilandi. Bu bo‘yicha tegishli hukumat qarori
qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-maydan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida qog‘oz, siyoh, printer va nusxa ko‘chirish uskunalarini xarid qilish xarajatlari kelgusi besh yil davomida har yili 15 foizga kamaytirilgan holda rejalashtiriladi.
Shuningdek, idoralarda printerlardan markazlashgan holda umumiy foydalanish tizimi joriy etiladi. Bunda ochiq ofisda faoliyat yurituvchi har 20 nafar xodim uchun 1 dona printer ajratiladi.
1 iyunga qadar ishlatilgan qog‘ozlarni yig‘ish uchun maxsus chiqindi qutilari tashkil etiladi va ularni qayta ishlash korxonalariga yetkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Har bir tarkibiy bo‘linmada esa xodimlar soni, ish hajmi va haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda qog‘oz sarfi bo‘yicha cheklov joriy qilinadi.
Bundan tashqari, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida har oyda bir marta “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkaziladi.