Samarqandda Rossiya bosh konsulxonasi ochilmoqda: uning asosiy vazifalari nimalardan iborat

© Press slujba MID RFRossiya i Uzbekistan vedut rabotu nad zapuskom genkonsulstva RF v Samarkande
Rossiya i Uzbekistan vedut rabotu nad zapuskom genkonsulstva RF v Samarkande  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2026
Obuna bo‘lish
Samarqandda Rossiya bosh konsulxonasini ishga tushirish uchun bino, infratuzilma, kadrlar va texnik ta’minot bo‘yicha kompleks ishlar olib borilmoqda.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston Samarqandda Rossiya bosh konsulxonasini ishga tushirish bo‘yicha kompleks ishlarni olib bormoqda. Bu haqda RIA Novostiga Rossiyaning ushbu shahardagi birinchi bosh konsuli Yevgeniy Xorishko ma’lum qildi.
Bir kun avval Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Xorishko Rossiyaning Samarqanddagi bosh konsuli etib tayinlangani haqida xabar bergan edi.
“Hozirda texnik va tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilmoqda: bino tanlanmoqda, zarur infratuzilma shakllantirilmoqda, kadrlar va moddiy-texnik ta’minot masalalari ishlab chiqilmoqda”, — dedi Xorishko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bosh konsulxona konsullik okrugi hududidagi Rossiya fuqarolariga har tomonlama yordam ko‘rsatishga ustuvor ahamiyat qaratadi.
“Biz vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning murojaatlariga tezkor javob berish ishimizning asosiy vazifasi ekanligidan kelib chiqamiz”, — dedi diplomat.
Xorishkoning ta’kidlashicha, bosh konsulxona Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashda ham faol ishtirok etadi. Gap hududlararo, ishbilarmonlik, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalaridagi ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish haqida bormoqda.

Yevgeniy Xorishko Rossiya TIV markaziy apparatida va xorijda turli lavozimlarda ishlagan. U 2020–2022 yillarda Rossiyaning Klaypedadagi bosh konsuli, 2022–2024 yillarda Rossiya TIV Shimoliy Amerika departamentida bosh maslahatchi, 2024-yil dekabridan esa Shimoliy Atlantika departamentida bosh maslahatchi bo‘lib ishlagan.

KengaytirishYig‘ishtirish
Aleksey Yerxov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2026
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi JIDUda Rossiya tashqi siyosati haqida ma’ruza o‘qidi
Yangiliklar lentasi
0