https://oz.sputniknews.uz/20260316/suniy-intellekt-etika-qoidalar-56300335.html
O‘zbekistonda sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha etika qoidalari tasdiqlandi
O‘zbekistonda sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha etika qoidalari tasdiqlandi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda tashxis qo‘yish, davolash usulini belgilash va yuridik ahamiyatga ega qarorlarda sun’iy intellekt xulosasiga to‘liq tayanish mumkin emas. SI bo‘yicha yana bir qator etika qoidalari belgilandi.
2026-03-16T09:29+0500
2026-03-16T09:29+0500
2026-03-16T10:12+0500
o‘zbekiston
axborot texnologiyalari (it)
raqamli texnologiyalar
sun’iy intellekt
jamiyat
yangi qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/1f/42286213_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_b532f50f4abb27c5b412b39bf26ba496.jpg
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. O‘zbekistonda tashxis qo‘yish va davolash usulini belgilashda qarorlarni faqat sun’iy intellekt xulosasi asosida qabul qilish mumkin emasligi belgilandi.Bu norma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha etika qoidalarida belgilandi.Shuningdek, quyidagi holatlarda ham faqat sun’iy intellekt xulosasiga tayanishga yo‘l qo‘yilmaydi:Hujjatda sun’iy intellektdan foydalanishning asosiy etika tamoyillari ham belgilangan. Ular quyidagilar:Shu bilan birga, ishlab chiquvchi va joriy etuvchilar foydalanuvchilarga quyidagilar haqida ma’lumot berishi shart:Qoidalarda sun’iy intellekt sohasidagi ishtirokchilarning huquq va majburiyatlari ham alohida belgilab berilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20251102/si-53167602.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/1f/42286213_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_f4bbfafe263e0a53a9cf0d497d4b8741.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sun’iy intellekt, si, tashxis qo‘yish, davolash usuli, sog‘liqni saqlash, o‘zbekiston, si xulosasi, etika qoidalari, yuridik ahamiyatga ega qarorlar, minyust, adliya vazirligi
sun’iy intellekt, si, tashxis qo‘yish, davolash usuli, sog‘liqni saqlash, o‘zbekiston, si xulosasi, etika qoidalari, yuridik ahamiyatga ega qarorlar, minyust, adliya vazirligi
O‘zbekistonda sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha etika qoidalari tasdiqlandi
09:29 16.03.2026 (yangilandi: 10:12 16.03.2026) O‘zbekistonda tashxis qo‘yish, davolash usulini belgilash va ayrim muhim qarorlarda sun’iy intellekt xulosasiga to‘liq tayanish mumkin emasligi belgilandi.
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. O‘zbekistonda tashxis qo‘yish va davolash usulini belgilashda qarorlarni faqat sun’iy intellekt xulosasi asosida qabul qilish mumkin emasligi belgilandi.
Bu norma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha etika qoidalarida
belgilandi.
Shuningdek, quyidagi holatlarda ham faqat sun’iy intellekt xulosasiga tayanishga yo‘l qo‘yilmaydi:
inson huquq va erkinliklariga daxldor qarorlarda;
yuridik ahamiyatga ega va boshqa qarorlarni qabul qilishda;
faqat sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ishlaydigan axborot tizimlari xulosasiga suyanilganda.
Hujjatda sun’iy intellektdan foydalanishning asosiy etika tamoyillari ham belgilangan. Ular quyidagilar:
shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari hamda atrof-muhitni himoya qilish ustuvorligi;
mas’uliyat, javobgarlik va nazorat;
adolatlilik va kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik;
ishonchlilik va xavfsizlik.
Shu bilan birga, ishlab chiquvchi va joriy etuvchilar foydalanuvchilarga quyidagilar haqida ma’lumot berishi shart:
sun’iy intellektdan qaysi maqsadlarda foydalanish mumkinligi yoki taqiqlanishi;
u chiqargan yechim va qarorlar doim ham to‘g‘ri bo‘lmasligi;
natijalardan tavsiyaviy yoki ma’lumot uchun foydalanish mumkinligi.
Qoidalarda sun’iy intellekt sohasidagi ishtirokchilarning huquq va majburiyatlari ham alohida belgilab berilgan.