O‘zbekistonlik gimnastlar Jahon kubogi finalida: Chusovitina — to‘rtinchi, Mirvaliyev — beshinchi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishOksana Chusovitina pered vipolneniyem opornogo prijka v finale sorevnovaniy sredi jenshin na chempionate mira po sportivnoy gimnastike v Doxe.
Oksana Chusovitina pered vipolneniyem opornogo prijka v finale sorevnovaniy sredi jenshin na chempionate mira po sportivnoy gimnastike v Doxe. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2026
Obuna bo‘lish
Jahon kubogi bosqichida Oksana Chusovitina tayanib sakrashda to‘rtinchi, Abdulaziz Mirvaliyev esa erkin mashqlarda beshinchi o‘rinni egalladi.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogi bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida to‘rtinchi, Abdulaziz Mirvaliyev esa erkin mashqlar bo‘yicha beshinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Oksana Chusovitina va Abdulaziz Mirvaliyev final dasturida medallar uchun bahs olib bordi. Yakunda Chusovitina 13.133, Mirvaliyev esa 13.233 ball to‘pladi.
Shu tariqa, har ikki sportchi Turkiyaning Antalya shahrida o‘tkazilayotgan ushbu Jahon kubogi bosqichidagi ishtirokini yakunladi.
Musobaqaning mazkur bosqichida O‘zbekiston sharafini Abdulaziz Mirvaliyev, Humoyun Ismoilov, Rasuljon Abdurahimov va Oksana Chusovitina himoya qildi.
Obyavleni pobediteli pervogo dnya Prezidentskoy Olimpiadi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2025
Birinchi kun natijalari ma’lum bo‘ldi — Prezident Olimpiadasida qaysi viloyatlar peshqadam?
Yangiliklar lentasi
0