Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina Radasida inqiroz: deputatlar ishdan ketmoqchi, Zelenskiy front bilan tahdid qildi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishDeputati na zasedanii Verxovnoy radi Ukraini v Kiyeve
Deputati na zasedanii Verxovnoy radi Ukraini v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2026
Obuna bo‘lish
Ukraina Radasida 40ga yaqin deputat mandatini topshirmoqchi, Zelenskiy esa parlamentda ishlamaydiganlarni frontga jo‘natish haqida gapirdi. Deputat buni korrupsiya sababli qamalishlar bilan izohladi
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy rada deputatlarini frontga jo‘natish bilan tahdid qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bredi.
"Xalq deputatlari Ukraina qonunchiligiga ko‘ra parlamentda xizmat qilishlari kerak bo‘ladi yoki men deputatlar frontga borishlari uchun parlament vakillari bilan safarbarlikka o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni muhokama qilishga tayyorman", — dedi Zelenskiy.
Avvalroq Zelenskiyning “Xalq xizmatkori” fraksiyasi rahbari o‘rinbosari Andrey Motoviloves "Forbes.ua"ga bergan intervyusida Oliy radaning 40 ga yaqin deputati mandatini topshirishga tayyorligini aytgan edi. U parlamentda inqiroz borligini ham tan oldi.
"Ha, 40 ga yaqin deputat. Shunchaki, do‘stlar, qaranglar, qasamod qilgansizlar, deb tushuntiraman. Ariza berishingiz mumkin, lekin hech kim ovoz bermaydi. Rada ishlashi kerak", — dedi Motoviloves.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "Xalq xizmatkori" partiyasi fraksiyasi Ukraina Milliy aksilkorrupsiya burosi (NABU) va Korrupsiyaga qarshi maxsus prokuratura (SAP) hukmron partiyaning besh nafar deputatiga ayblov e’lon qilganidan so‘ng yadrosini yo‘qotdi. Bundan tashqari, monopolistik ko‘pchilikdan 17 nafar deputat so‘roqqa chaqirilgan. Deputatning so‘zlariga ko‘ra, fraksiyaning holati "charchash, sarosima va qo‘rquvga ko‘paytirish" deb ta’riflangan.
Avvalroq “Ukrainskaya pravda” hukmron “Xalq xizmatkori” partiyasi vakillariga tayanib, IX chaqiriq Oliy rada amalda o‘z salohiyatini yo‘qotayotgani, uning qo‘mitalari izdan chiqayotgani va ayrim deputatlar Zelenskiy bilan hamkorlik qilishdan bosh tortayotgani haqida yozgan edi.
Deputati na zasedanii Verxovnoy radi Ukraini v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2025
Zelenskiyga yaqin deyilgan deputatlar korrupsiya ishi: bu safar Mindich ishiga aloqasi yo‘q
Yangiliklar lentasi
0