Saidov Ko‘rfaz arab davlatlari elchilari bilan Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi
Saidov Ko‘rfaz arab davlatlari elchilari bilan Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
AQSh va Isroil 28-fevral kuni Eronga zarba berishni boshladi. Zarbalar Eronning yadroviy dasturi borasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda amalga oshirildi. Vashington va Tehron muzokaralarining so‘nggi bosqichi 26-fevral kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan edi.
2026-03-13T10:26+0500
2026-03-13T10:26+0500
2026-03-13T10:26+0500
siyosat
baxtiyor saidov
“markaziy osiyo – ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishi
TOShKENT, 13 mar – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ko‘rfaz arab davlatlarining mamlakatdagi elchilari bilan uchrashdi. Bu haqda Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.Uchrashuvda Birlashgan Arab Amirliklari, Kuvayt, Saudiya Arabistoni podshohligi, Qatar va O‘mon sultonligining O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etdi.Shuningdek, O‘zbekiston bilan Ko‘rfaz arab davlatlari o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish, “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formati doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.
Uchrashuvda barcha nizolarni diplomatik yo‘llar orqali hamda xalqaro huquq normalariga muvofiq hal etish muhimligi ta’kidlandi.
TOShKENT, 13 mar – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ko‘rfaz arab davlatlarining mamlakatdagi elchilari bilan uchrashdi. Bu haqda Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Uchrashuvda Birlashgan Arab Amirliklari, Kuvayt, Saudiya Arabistoni podshohligi, Qatar va O‘mon sultonligining O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etdi.
“Uchrashuvda Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha fikr almashdik. Mintaqaviy xavfsizlikka tahdid solayotgan holatlar yuzasidan xavotir bildirib, keskinlikning yanada kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, barcha nizolarni diplomatik yo‘llar orqali hamda xalqaro huquq normalariga muvofiq hal etish muhimligini ta’kidladik”, - deya yozdi TIV rahbari.
Shuningdek, O‘zbekiston bilan Ko‘rfaz arab davlatlari o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish, “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formati doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.
AQSh va Isroilning Eronga hujumi
AQSh va Isroil 28-fevral kuni Eronga zarba berishni boshladi. Zarbalar Eronning yadroviy dasturi borasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda amalga oshirildi. Vashington va Tehron muzokaralarining so‘nggi bosqichi 26-fevral kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan edi.
AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eron Oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘ldi. Undan tashqari, Minob shahrida qizlar boshlang‘ich maktabiga berilgan zarba oqibatida 171 nafar bola va 15 nafar o‘qituvchilar halok bo‘ldi.
Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga javob zarbalari berdi. Bir necha kun davomida BAA, Bahrayn, Ummon, Iroq, Saudiya Arabistoni, Qatar va boshqa qator davlatlardagi AQSh harbiy bazalari zarbaga uchradi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron oliy rahbariga suiqasd barcha insoniy axloq normalari va xalqaro huquqni buzish ekanini ta’kidladi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Isroilning hujumlarini qoraladi va zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.
Rossiya va Xitoy 1-mart kuni BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisini chaqirdi.