Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

O‘zbekiston blogerlar daromadlarini hisobga olish va YaSH joriy etadi — video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda 2000 nafardan ortiq bloger faoliyat yuritmoqda, yagona soliq hisobvarag‘ini joriy etish bo‘yicha Rossiya tajribasi o‘rganilyapti.
TOShKENT, 13 mar – Sputnik. Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida "Soliq hamkorligi: raqamlashtirish va tajriba almashish" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Soliq qo‘mitasi Budjet daromadlarini prognozlashtirish departamenti direktori o‘rinbosari Hamdambek Bobojonov va Soliq qo‘mitasi Iqtisodiy tahlil va yashirin iqtisodiyotni monitoring qilish boshqarmasi bosh davlat soliq inspektori Kamola Axmedjanova ishtirok etdi.
Soliq qo‘mitasi vakillari blogerlar daromadlarini nazorat qilish va onlayn faoliyat bo‘yicha xalqaro hamda mintaqaviy tajriba, servisga yo‘naltirilgan yondashuvlarni joriy etish va soliq organlari ochiqligini oshirish, soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida yagona soliq hisobvarag‘ini (YaSH) qo‘llash va fuqarolar bilan muloqot uchun raqamli xizmatlar va media vositalarini rivojlantirish haqida so‘z yuritishdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda 2000 nafardan ortiq bloger faoliyat yuritmoqda, ularning daromadlarining katta qismi “yashirin” qolmoqda
“Tahlil qilingan 110 nafar blogerdan faqat 88 nafari soliqdan rasman ro‘yxatdan o‘tgani aniqlangan. Shuningdek, ularning atigi 66 nafari daromad solig‘ini to‘lagan. Bu esa juda past ko‘rsatkich hisoblanadi”, - dedi Kamola Axmedjanova
Uning so‘zlariga ko‘ra, blogerlar joylashtirayotgan reklama va boshqa onlayn reklamalarni markirovkalash tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Unga ko‘ra, har bir reklama uchun alohida kod biriktiriladi.
Hamdambek Bobojonov YaSH joriy etish bo‘yicha Rossiya tajribasi o‘rganilganini bildirdi.
"Rossiyaga amalga oshirilgan rasmiy tashrif davomida ushbu tizimni joriy etishdan avval ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari, xususan, qonunchilikdagi o‘zgarishlar bo‘yicha ham o‘zaro axborot almashildi", — dedi mutaxassis.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda YaSH joriy etish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi: avval tizim bir mintaqada sinov rejimida ishlaydi, so‘ngra butun respublikaga tarqatiladi.
"Allaqachon ish rejasi bor. Rossiya bilan birgalikda biz ular qanday muammolarga duch kelgani va ularni qanday hal qilganliklarini o‘rganmoqdamiz", - deya qo‘shimcha qildi Soliq qo‘mitasi Budjet daromadlarini prognozlashtirish departamenti direktori o‘rinbosari.
Batafsil – Sputnik videosida.
Yangiliklar lentasi
0