O‘zbekiston Afg‘oniston bilan imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi

© Sputnik / Sgenerirovano IIFlagi Uzbekistana i Afganistana
Flagi Uzbekistana i Afganistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi imtiyozli savdo to‘g‘risidagi kelishuv o‘tgan yili imzolagan edi.
TOShKENT, 13 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston bilan imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul etib belgilandi.
Tashqi ishlar vazirligiga xalqaro hujjat kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichidagi tartib-taomillar O‘zbekiston tomonidan bajarilgani to‘g‘risida Afg‘oniston tomoniga tegishli bildirishnoma yuborish topshirildi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi imtiyozli savdo to‘g‘risidagi kelishuv, shuningdek, 2025−2026 yillarga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy va sanoat sohalarida ikki tomonlama hamkorlik dasturi o‘tgan yil iyunida Toshkentda imzolangan edi.
So‘nggi besh yil ichida mamlakatlar o‘rtasidagi savdo hajmi 2,5 baravarga oshdi — 2021-yildagi 653 million dollardan 2025-yilda 1,68 milliard dollargacha yetdi.
Proshla delovaya vstrecha predstaviteley chastnogo sektora Uzbekistana i Afganistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2026
Mozori Sharifda 205 mln dollarlik kelishuv: O‘zbekiston – Afg‘oniston savdosi o‘smoqda
Yangiliklar lentasi
0