O‘zbekistonda ipoteka subsidiyasiga arizalar qabuli boshlandi: shartlar va banklar ro‘yxati

© iStock / gopixaInvestirovanie. Arxivnoe foto
Investirovanie. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2026
Obuna bo‘lish
Ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar bo‘yicha kamida 30 ball to‘plashi, mos kredit tarixiga ega bo‘lishi va nomlarida turar joy bo‘lmasligi kerak.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. 16 mart kuni ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun arizalar qabul qilish boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, subsidiya olish uchun ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar asosida baholash natijasiga ko‘ra kamida 30 ball to‘plashi, shuningdek, kredit tarixi dasturda ishtirok etuvchi tijorat banklaridan kamida bittasining ichki talablariga mos kelishi kerak.
Shu bilan birga, ariza beruvchining, jumladan uning turmush o‘rtog‘ining nomida O‘zbekistonning hech bir hududida mulk huquqi asosida turar joy bo‘lmasligi lozim. Uning o‘rtacha oylik daromadi ham belgilangan ijtimoiy mezonlar doirasida bo‘lishi shart.
Arizalarni quyidagi usullar orqali topshirish mumkin:
Davlat xizmatlari markazlari orqali;
myGov mobil ilovasi orqali.
Vazirlik muhim eslatma bilan chiqdi: ariza topshirish va baholash jarayonida OneID tizimidagi shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish paneli orqali ishtirok etuvchi tijorat banklariga kredit tarixini baholash uchun tegishli ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat berilgan bo‘lishi kerak. Shuningdek, kredit tarixini olishga nisbatan vaqtinchalik cheklov o‘rnatilmagan bo‘lishi lozim.
Subsidiyali ipoteka kreditlari dasturida quyidagi 15 ta tijorat banki ishtirok etadi:
"Agrobank", "Aloqabank", "Asakabank", "Asia Alliance Bank", "Biznesni rivojlantirish banki", "Hamkorbank", "Ipak yo‘li", "Ipotekabank OTP Group", "Mikrokreditbank", "Orient Finans", "Trastbank", "Turonbank", "Xalq banki", "O‘zmilliybank" va "O‘zsanoatqurilishbank".
Ipotechnie subsidii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2025
Kelasi yili O‘zbekistonda imtiyozli ipoteka krediti 15% ga oshiriladi
Yangiliklar lentasi
0