Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Rossiyaga qarshi o‘ynaydi

© freepikFutbolniy mach v vorotax.
Futbolniy mach v vorotax. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2026
Obuna bo‘lish
Turkiyadagi yig‘in doirasida Rossiya yoshlar terma jamoasi 27-mart kuni O‘zbekiston yoshlari bilan o‘zaro kuch sinashadi.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Futbol bo‘yicha Rossiya yoshlar terma jamoasi Turkiyaning Antaliya shahridagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida O‘zbekiston va Iordaniyaga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda Rossiya futbol ittifoqi matbuot xizmati xabar qildi.
Rossiyaliklar O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga qarshi 27-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da, Iordaniyaga qarshi esa 30-mart kuni soat 17:00 da maydonga tushadi.
Rossiya va O‘zbekiston yoshlar terma jamoalari oxirgi marta o‘tgan yil iyun oyida Farg‘onada o‘zaro to‘qnash kelgan. O‘shanda har ikki uchrashuv ham rossiyaliklar foydasiga hal bo‘lgan — 3:0 va 6:3. Rossiya va Iordaniya yoshlar jamoalari esa hozirgacha bir-biriga qarshi maydonga tushmagan.
Rossiya yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ivan Shabarovning aytishicha, O‘zbekiston bilan avvalgi o‘yinlar shiddatli va sermahsul o‘tgan. Bu safar ham raqib o‘tgan yilgi yosh toifasida o‘ynaydi, Rossiya tomonidan esa tarkibi ancha yangilangan jamoa maydonga tushadi.
Murabbiyning ta’kidlashicha, Iordaniya esa yanada tajribali — 23 yoshgacha bo‘lgan tarkib bilan ishtirok etadi. Ushbu jamoa yanvar oyida Osiyo kubogida chorak finalgacha yetib borib, Yaponiyaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgan.
Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2025
Futbol: O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Kuvaytdan ustun keldi
Yangiliklar lentasi
0