https://oz.sputniknews.uz/20260312/oqotar-qurollar-nazorat-kuchaytirilish-56248571.html
O‘qotar qurollar nazorati kuchaytiriladi: raqamlashtirish va integratsiya taklif etildi
O‘qotar qurollar nazorati kuchaytiriladi: raqamlashtirish va integratsiya taklif etildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda o‘qotar qurol muomalasini nazorat qilish tizimi kompleks o‘rganilmoqda. Joriy yil boshidan 487 ta holat aniqlanib, 255 dona qurol, 2841 dona patron va portlovchi moddalar rasmiylashtirildi.
2026-03-12T19:09+0500
2026-03-12T19:09+0500
2026-03-12T19:09+0500
giyohvand moddalarga qarshi
qurol
iiv
jamiyat
ekspertiza
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/0c/56248390_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_630fa43ed3321f3dfd4a8fb1eac1c167.jpg
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. O‘qotar qurol muomalasini nazorat qilishga ixtisoslashgan tuzilmalar faoliyati kompleks o‘rganilmoqda. Bu borada Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi rahbarligida idoralararo ishchi guruh tuzilib, qurol-yarog‘ muomalasi, uni hisobga olish va nazorat qilish tizimi tahlil qilinmoqda.Dastlabki bosqichda IIV tizimidagi bir qator yo‘nalishlar o‘rganildi. Joriy yil boshidan buyon o‘qotar qurol bilan bog‘liq 487 ta holat aniqlangan. Shundan 227 tasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan, 260 tasi esa fuqarolar tomonidan ixtiyoriy topshirilgan.Shuningdek, Huquqiy statistika bosh markazida qurollar bo‘yicha hisobot yuritish tartibi va axborot bazalari imkoniyatlari tahlil qilindi. Tahlillar qurol aylanmasi haqidagi ma’lumotlarni yagona raqamli tizimda yuritish va turli idoralar bazalarini integratsiya qilish nazorat samaradorligini oshirishini ko‘rsatdi.Bosh ekspert-kriminalistika markazida ballistik ekspertiza, Davlat o‘q-gilzotekasi va avtomatlashtirilgan identifikatsiya tizimi imkoniyatlari o‘rganildi. Mutaxassislar ballistik ma’lumotlar bazasini doimiy to‘ldirib borish jinoyatlarni tezroq ochishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.O‘rganishlar yakunlariga ko‘ra, qurol muomalasi ustidan nazoratni kuchaytirish, axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish va sohani raqamlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260201/iiv--tadbirlar-natijalar-55414536.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/0c/56248390_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_d9c79cd3cb6734e73b20f44610ad5100.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qurol muomalasi, o‘qotar qurol, nazorat, narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi, iiv, ballistik ekspertiza, litsenziyalash, raqamlashtirish, patron, portlovchi moddalar
qurol muomalasi, o‘qotar qurol, nazorat, narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi, iiv, ballistik ekspertiza, litsenziyalash, raqamlashtirish, patron, portlovchi moddalar
O‘qotar qurollar nazorati kuchaytiriladi: raqamlashtirish va integratsiya taklif etildi
O‘zbekistonda qurol muomalasini hisobga olish va nazorat qilish tizimi o‘rganilmoqda. Tahlillar yagona raqamli tizim joriy etish va idoralar bazalarini integratsiya qilish zarurligini ko‘rsatdi
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. O‘qotar qurol muomalasini nazorat qilishga ixtisoslashgan tuzilmalar faoliyati kompleks o‘rganilmoqda.
Bu borada Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi rahbarligida idoralararo ishchi guruh tuzilib, qurol-yarog‘ muomalasi, uni hisobga olish va nazorat qilish tizimi tahlil qilinmoqda.
Dastlabki bosqichda IIV tizimidagi bir qator yo‘nalishlar o‘rganildi. Joriy yil boshidan buyon o‘qotar qurol bilan bog‘liq 487 ta holat aniqlangan. Shundan 227 tasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan, 260 tasi esa fuqarolar tomonidan ixtiyoriy topshirilgan.
Tadbirlar davomida 255 dona turli o‘qotar qurol, 2841 dona patron, 57 dona qurolning asosiy qismi va 485,7 gramm portlovchi modda rasmiylashtirildi.
Shuningdek, Huquqiy statistika bosh markazida qurollar bo‘yicha hisobot yuritish tartibi va axborot bazalari imkoniyatlari tahlil qilindi. Tahlillar qurol aylanmasi haqidagi ma’lumotlarni yagona raqamli tizimda yuritish va turli idoralar bazalarini integratsiya qilish nazorat samaradorligini oshirishini ko‘rsatdi.
Bosh ekspert-kriminalistika markazida ballistik ekspertiza, Davlat o‘q-gilzotekasi va avtomatlashtirilgan identifikatsiya tizimi imkoniyatlari o‘rganildi. Mutaxassislar ballistik ma’lumotlar bazasini doimiy to‘ldirib borish jinoyatlarni tezroq ochishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Jamoat xavfsizligi departamentida qurol muomalasini litsenziyalash va ruxsatnoma berish amaliyoti, shuningdek fuqaroviy va xizmat quroli nazorati o‘rganildi. Poytaxtdagi qurol-yarog‘ va o‘q-dori savdosiga ixtisoslashgan do‘konlar faoliyati ham tahlil qilindi.
O‘rganishlar yakunlariga ko‘ra, qurol muomalasi ustidan nazoratni kuchaytirish, axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish va sohani raqamlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.