Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

68 kun jangovar pozitsiyani yakka o‘zi ushlab turgan Yarashevga “Rossiya Qahramoni” unvoni berildi

© RTPutin prisvoil Sergeyu Yarashevu, derjavshemu oboronu u Grishino, zvanie Geroya Rossii
Putin prisvoil Sergeyu Yarashevu, derjavshemu oboronu u Grishino, zvanie Geroya Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2026
Obuna bo‘lish
DXR rahbari Putin bilan uchrashuvda Yarashevning 68 kun yakka o‘zi jangovar pozitsiyani ushlab turgani haqida so‘zlab bergan edi. Putin avval qo‘mondon bilan gaplashib, keyin uni mukofotlashini aytgan.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin oddiy askar Sergey Yarashevga maxsus harbiy operatsiyadagi janglarda ko‘rsatgan mardligi va qahramonligi uchun "Rossiya Qahramoni" unvonini berish to‘g‘risida farmonni imzoladi.
Hujjatda unvon harbiy burchini bajarish chog‘ida ko‘rsatgan jasorati uchun berilgani aytilgan.
Yarashev haqida 10-mart kuni Kremlda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda DXR rahbari Denis Pushilin ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, samaralik 21 yoshli harbiy xizmatchi Grishino aholi punkti rayonida Krasnoarmeysk yo‘nalishidagi tayanch nuqtani 68 kun davomida yolg‘iz holda himoya qilgan.
Pushilinning ta’kidlashicha, jangchi dushmanning asosiy kuchlardan uzib qo‘yishga qaratilgan urinishlariga qaramay, pozitsiyani tashlab ketmagan. Qarshi hujumlar 68 kun davomida to‘xtamagan, ammo Yarashev tayanch nuqtani ushlab turishga muvaffaq bo‘lgan. Dushman kechasi ham, kunduzi ham, artilleriya yordamida va yon tomonlardan hujum qilib, uni pozitsiyadan siqib chiqarishga urindi. O‘q-dori, minalar va oziq-ovqat rossiyalik askarga kopterlar orqali yetkazib turilgan.
Ma’lum qilinishicha, harbiy xizmatchi keyinchalik evakuatsiya qilingan. Hozir u gospitalda davolanmoqda, shifokorlar uning ikki oyog‘ini kesishga majbur bo‘lgan. Shunga qaramay, Pushilin uning qo‘yilgan vazifani to‘liq bajarganini qayd etgan.
Avvalroq “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi va RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan Yarashevga Tigran Keosayan nomidagi mukofot — 1 million rubl — berilishini ma’lum qilgan edi.
Rabochiy vizit ministra oboroni RF A. Belousova v Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari Yarovaya qishlog‘ini ozod etdi — mudofaa vaziri jangchilarni tabrikladi
Yangiliklar lentasi
0