YaIM o‘sishi bo‘yicha O‘zbekistonning top-5 yetakchi hududi

Obuna bo‘lish
2025 yilda O‘zbekiston YaIM 7,7 foizga o‘sdi. Eng yuqori o‘sish Toshkent shahrida, eng past ko‘rsatkich esa Surxondaryo viloyatida qayd etildi.
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 1 849,7 trillion so‘mni tashkil etib, 2024-yilga nisbatan 7,7 foizga o‘sgan.
Hududlar kesimida eng yuqori iqtisodiy o‘sish Toshkent shahrida qayd etildi — 11,3 foiz. Keyingi o‘rinlarni Sirdaryo viloyati — 9,8 foiz, shuningdek Namangan va Jizzax viloyatlari — 8,2 foizdan egalladi.
Eng past iqtisodiy o‘sish esa Surxondaryo viloyatida — 6,6 foiz, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida esa 6,8 foizdan kuzatildi.
Yangiliklar lentasi
0