DXX kiberxavfsizlikni tekshirish uchun mustaqil “xaker”larni jalb etadi — yangi qonun
DXX kiberxavfsizlikni tekshirish uchun mustaqil “xaker”larni jalb etadi — yangi qonun
Sputnik O‘zbekiston
Prezident farmoni bilan kiberxavfsizlikni kuchaytirish bo‘yicha yangi choralar belgilandi. DXX mustaqil ekspertlar ishtirokida tanlovlar o‘tkazadi, 1-apreldan esa qator idoralarda maxsus bo‘limlar tashkil etiladi.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Davlat xavfsizlik xizmati milliy axborot tizimlari va resurslarining zamonaviy kibertahdidlarga bardoshlilik darajasini oshirish maqsadida ulardagi kiberxavfsizlikka oid kamchiliklarni aniqlash uchun mustaqil ekspertlar ishtirokida tanlovlar o‘tkazadi.Bu 10-mart kuni qabul qilingan kiberxavfsizlik strategiyasini belgilash va kiberjinoyatchilikning oldini olish tizimini takomillashtirishga qaratilgan prezident farmonida belgilandi.Mazkur tanlovlar DXX tomonidan belgilanadigan maxsus elektron platforma orqali o‘tkaziladi.Farmonga ko‘ra, 1-apreldan Adliya vazirligi, Energetika vazirligi va Soliq qo‘mitasida Kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘limi tashkil etiladi.Shuningdek, 1-apreldan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari, shuningdek, budjet parametrlari doirasida ajratiladigan zarur mablag‘lar kiberxavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltiriladi.
o‘zbekiston, dxx, kiberxavfsizlik, kibertahdid, kiberjinoyatchilik, prezident farmoni, mustaqil ekspertlar, xakerlar, axborot tizimlari, adliya vazirligi, energetika vazirligi, soliq qo‘mitasi
o‘zbekiston, dxx, kiberxavfsizlik, kibertahdid, kiberjinoyatchilik, prezident farmoni, mustaqil ekspertlar, xakerlar, axborot tizimlari, adliya vazirligi, energetika vazirligi, soliq qo‘mitasi
DXX kiberxavfsizlikni tekshirish uchun mustaqil “xaker”larni jalb etadi — yangi qonun
O‘zbekistonda kiberxavfsizlikni kuchaytirishga qaratilgan yangi choralar belgilanmoqda. Endi DXX axborot tizimlaridagi kamchiliklarni aniqlash uchun mustaqil ekspertlar ishtirokida tanlovlar o‘tkazadi.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Davlat xavfsizlik xizmati milliy axborot tizimlari va resurslarining zamonaviy kibertahdidlarga bardoshlilik darajasini oshirish maqsadida ulardagi kiberxavfsizlikka oid kamchiliklarni aniqlash uchun mustaqil ekspertlar ishtirokida tanlovlar o‘tkazadi.
Bu 10-mart kuni qabul qilingan kiberxavfsizlik strategiyasini belgilash va kiberjinoyatchilikning oldini olish tizimini takomillashtirishga qaratilgan prezident farmonida belgilandi.
Mazkur tanlovlar DXX tomonidan belgilanadigan maxsus elektron platforma orqali o‘tkaziladi.
Hujjat bilan 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan Kiberxavfsizlik strategiyasi ham tasdiqlandi.
Farmonga ko‘ra, 1-apreldan Adliya vazirligi, Energetika vazirligi va Soliq qo‘mitasida Kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘limi tashkil etiladi.
Shuningdek, 1-apreldan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari, shuningdek, budjet parametrlari doirasida ajratiladigan zarur mablag‘lar kiberxavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltiriladi.
Eslatib o‘tamiz, fevral boshida ijtimoiy tarmoqlarda ayrim davlat axborot tizimlaridan fuqarolarga oid ma’lumotlar sizib chiqqan bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Xususan, internetda 15 million yozuv oshkor bo‘lgani haqida da’volar paydo bo‘ldi. Keyinroq Raqamli texnologiyalar vazirligi bu raqamni rad etdi.