https://oz.sputniknews.uz/20260309/tajikistan-ramazon-hayit-sana-56181410.html
Tojikistonda Ramazon oyi 29 kun davom etishi mumkin — Ramazon hayiti sanasi aytildi
Tojikistonda Ramazon oyi 29 kun davom etishi mumkin — Ramazon hayiti sanasi aytildi
Sputnik O‘zbekiston
Tojikistonda muqaddas Ramazon oyi 30 kun emas, 29 kun davom etishi mumkin. Shu bois Ramazon hayiti avval aytilganidek 20-martda emas, 19-martda nishonlanishi ehtimoli aytilmoqda.
2026-03-09T11:58+0500
2026-03-09T11:58+0500
2026-03-09T12:07+0500
tojikiston
din ishlari bo‘yicha qo‘mita
ramazon hayiti
bayram
sputnik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/09/56181240_0:112:1206:790_1920x0_80_0_0_9c7815f366c2ee40c538cd8e501c0180.png
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Tojikistonda muqaddas Ramazon oyi avval aytilganidek 30 kun emas, 29 kun davom etishi mumkin. Bu haqda Respublika Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Sputnik Tojikistonga ma’lum qildi.Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, shu bois Ramazon hayiti 20-martda emas, 19-martda nishonlanishi ehtimoldan xoli emas.Ayni paytda bu ma’lumotni Tojikiston Ulamolar kengashi raisi Saidmukarram Abdulqodirzoda ham tasdiqlagan.Abdulqodirzodaning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab mamlakatlarda Ramazon Tojikistonga nisbatan bir kun oldin boshlangan. U ayrim davlatlar bundan mustasno ekanini qo‘shimcha qildi.Uning ta’kidlashicha, islom dunyosining aksariyat davlatlari bu yil Ramazon hayitini (Id al-Fitrni) bir kunda — 19-martda nishonlashi mumkin.Tojikiston muftiysi aholini mish-mish tarqatmaslikka va vahimaga berilmaslikka chaqirdi. Uning aytishicha, barcha qarorlar aniq taqvim hisob-kitoblari hamda shariat meyorlari asosida qabul qilinadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260216/ramazon-taqvim-55691914.html
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/09/56181240_3:0:1203:900_1920x0_80_0_0_ef18d66a0aa19b44c1961b9d46f5128f.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tojikiston, ramazon, ramazon hayiti, id al-fitr, 19-mart, 20-mart, din ishlari bo‘yicha qo‘mita, ulamolar kengashi, saidmukarram abdulqodirzoda, qamariy taqvim, rajab, sha’bon, islom dunyosi
tojikiston, ramazon, ramazon hayiti, id al-fitr, 19-mart, 20-mart, din ishlari bo‘yicha qo‘mita, ulamolar kengashi, saidmukarram abdulqodirzoda, qamariy taqvim, rajab, sha’bon, islom dunyosi
Tojikistonda Ramazon oyi 29 kun davom etishi mumkin — Ramazon hayiti sanasi aytildi
11:58 09.03.2026 (yangilandi: 12:07 09.03.2026) Tojikistonda Ramazon oyi 29 kun davom etishi mumkin. Shu bois bu yil Ramazon hayiti 20-martda emas, islom dunyosining aksariyat davlatlaridagi kabi 19-martda nishonlanishi mumkin.
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Tojikistonda muqaddas Ramazon oyi avval aytilganidek 30 kun emas, 29 kun davom etishi mumkin. Bu haqda Respublika Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Sputnik Tojikistonga
ma’lum qildi.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, shu bois Ramazon hayiti 20-martda emas, 19-martda nishonlanishi ehtimoldan xoli emas.
“Ehtimol, bu yil Tojikistonda muqaddas Ramazon oyi 29 kun davom etar”, — deyiladi idora xabarida.
Ayni paytda bu ma’lumotni Tojikiston Ulamolar kengashi raisi Saidmukarram Abdulqodirzoda ham tasdiqlagan.
“Qamariy taqvimning avvalgi ikki oyi — Rajab va Sha’bon — ketma-ket 30 kun davom etgani sababli, tajriba, ilm va taqvimga ko‘ra, uchinchi oy odatda 29 kun bo‘ladi”, — dedi u.
Abdulqodirzodaning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab mamlakatlarda Ramazon Tojikistonga nisbatan bir kun oldin boshlangan. U ayrim davlatlar bundan mustasno ekanini qo‘shimcha qildi.
Uning ta’kidlashicha, islom dunyosining aksariyat davlatlari bu yil Ramazon hayitini (Id al-Fitrni) bir kunda — 19-martda nishonlashi mumkin.
Tojikiston muftiysi aholini mish-mish tarqatmaslikka va vahimaga berilmaslikka chaqirdi. Uning aytishicha, barcha qarorlar aniq taqvim hisob-kitoblari hamda shariat meyorlari asosida qabul qilinadi.