https://oz.sputniknews.uz/20260308/turkey-ots-yigilish-saidov-uchrashuv-56166104.html
Turkiyadagi TDT yig‘ilishi: Saidov Erdog‘an, Fidan va Bayramov bilan uchrashdi
Turkiyadagi TDT yig‘ilishi: Saidov Erdog‘an, Fidan va Bayramov bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Istanbulda o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti TIV kengashi yig‘inida Baxtiyor Saidov ishtirok etdi. Uchrashuvlarda xavfsizlik, Yaqin Sharqdagi vaziyat va mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
2026-03-08T09:01+0500
2026-03-08T09:01+0500
2026-03-08T09:01+0500
rejep tayyip erdog‘an
o‘zbekiston tiv
aqsh – eron mojarosi
xavfsizlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/08/56166438_0:64:1280:784_1920x0_80_0_0_41cfafb9ebbdd33d3e2557be10d01d3c.jpg
TOShKENT, 8 mar — Sputnik. 7-mart kuni Istanbulda Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining norasmiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.Unda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ishtirok etdi. Yig‘ilish doirasida u Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an qabulida bo‘ldi, shuningdek Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan va Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.O‘zbekiston Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, barqarorlik, o‘zaro bog‘liqlik va izchil rivojlanishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surishni qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlandi.Baxtiyor Saidovning Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan muloqotida Yaqin Sharqdagi vaziyat va uning mintaqaviy oqibatlari muhokama qilindi. Tomonlar ziddiyatlarni muloqot va diplomatiya yo‘li bilan hal etish muhimligini qayd etdi.Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan uchrashuvda ham mintaqadagi so‘nggi voqealar yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar keskinlikning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilish muhimligini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260121/delegatsiya-erdogan-turkey-rahbarlar-uchrashuv-55071877.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/08/56166438_75:0:1206:848_1920x0_80_0_0_6687b737c4cd989288f636463a9adbf6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
istanbulda o‘tgan turkiy davlatlar tashkiloti tiv kengashi yig‘inida baxtiyor saidov ishtirok etdi. uchrashuvlarda xavfsizlik, yaqin sharqdagi vaziyat va mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
istanbulda o‘tgan turkiy davlatlar tashkiloti tiv kengashi yig‘inida baxtiyor saidov ishtirok etdi. uchrashuvlarda xavfsizlik, yaqin sharqdagi vaziyat va mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Turkiyadagi TDT yig‘ilishi: Saidov Erdog‘an, Fidan va Bayramov bilan uchrashdi
Yig‘in doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Turkiya va Ozarbayjon rahbariyati va vazirlari bilan muzokaralar o‘tkazib, dolzarb mintaqaviy masalalarni muhokama qildi.
TOShKENT, 8 mar — Sputnik. 7 mart kuni Istanbulda Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining norasmiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
xabar qildi.
Unda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ishtirok etdi. Yig‘ilish doirasida u Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an qabulida bo‘ldi, shuningdek Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan va Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muhokamalar chog‘ida mintaqaviy va global xavfsizlikka tobora ortib borayotgan tahdidlar, shuningdek mamlakatlar o‘rtasidagi birdamlik va muvofiqlashuvni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, barqarorlik, o‘zaro bog‘liqlik va izchil rivojlanishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surishni qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlandi.
Baxtiyor Saidovning Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan muloqotida Yaqin Sharqdagi vaziyat va uning mintaqaviy oqibatlari muhokama qilindi. Tomonlar ziddiyatlarni muloqot va diplomatiya yo‘li bilan hal etish muhimligini qayd etdi.
Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan uchrashuvda ham mintaqadagi so‘nggi voqealar yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar keskinlikning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilish muhimligini ta’kidladi.