https://oz.sputniknews.uz/20260308/moscow-ramazon-chodir-uzbekistan-56172481.html
Moskvadagi “Ramazon chodiri”da O‘zbekiston oqshomi: iftor, ma’naviyat va tarix bir kechada
Moskvadagi “Ramazon chodiri”da O‘zbekiston oqshomi: iftor, ma’naviyat va tarix bir kechada
Sputnik O‘zbekiston
Moskvadagi “Ramazon chodiri” xayriya loyihasi doirasida O‘zbekiston oqshomi o‘tkazildi. Tadbirda bayramona iftorlik, madaniy dastur va O‘zbekistonning tarixi, madaniyati hamda ma’naviy merosiga bag‘ishlangan chiqishlar bo‘lib o‘tdi
2026-03-08T14:51+0500
2026-03-08T14:51+0500
2026-03-08T14:51+0500
jamiyat
ramazon oyi
rossiyadagi elchixona
ulug‘ vatan urushi
o‘zbekiston musulmonlari idorasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/08/56171548_0:240:2560:1680_1920x0_80_0_0_b00606dcaeb3b68ec0eb9c8d5af69e48.jpg
TOShKENT, 8 mar — Sputnik. Moskvadagi Xotira masjidi hududida “Ramazon chodiri” xayriya tadbiri doirasida O‘zbekiston oqshomi bo‘lib o‘tdi. Bayramona iftorlik O‘zbekiston elchixonasi tomonidan tashkil etildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Kecha dasturidan ma’ruzalar, konsert chiqishlari hamda Ulug‘ Vatan urushi yillarida evakuatsiya qilingan yetim bolalarni o‘z bag‘riga olgan o‘zbek oilalari haqidagi videorolik namoyishi o‘rin oldi.Rossiya musulmonlari diniy idorasi raisi o‘rinbosari, muftiy Rushan Abbasov O‘zbekiston Imom al-Buxoriy, at-Termiziy, an-Nasafiy kabi buyuk allomalarning boy ma’naviy va ilmiy merosi bilan mashhur ekanini ta’kidladi.Shuningdek, u joriy yilda O‘zbekistonda “Ma’naviy ipak yo‘li” xalqaro ilmiy-aqidaviy konferensiyasini o‘tkazish rejalashtirilayotganini, bu Rossiya va O‘zbekiston musulmonlari idoralari o‘rtasidagi hamkorlikning yana bir amaliy ifodasi bo‘lishini aytdi.O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov Ramazon oyida xorijdagi vatandoshlar uchun keng ko‘lamli iftorlik tadbirlari o‘tkazilayotganini, bunday uchrashuvlar Rossiyaning qator shaharlarida bo‘lib o‘tgani va muqaddas oy oxirigacha davom etishini eslatib o‘tdi.Elchi Ulug‘ Vatan urushi yillarida yetim qolgan bolalarni bag‘riga olgan o‘zbek oilalari — Shomahmudovlar, Samadovlar, Qosimovlar va Bahrixon Ashirxo‘jayevalar misolida o‘zbek xalqining mehr-oqibati va insonparvarligini alohida ta’kidladi.U, shuningdek, yaqinda Peterburgda derazadan tushib ketgan bolani qutqargan o‘zbekistonlik Xayrullo Ibodullayevning jasoratini ham tilga oldi.Yakunda ta’kidlanishicha, “Ramazon chodiri” butun muqaddas oy davomida xayriya iftorliklarini tashkil etishga qaratilgan bo‘lib, bu yil unda Qatar, Saudiya Arabistoni, Afg‘oniston, MDH davlatlari va Rossiya hududlaridan delegatsiyalar ishtirok etmoqda. O‘zbekiston esa loyihaning faol qatnashchilaridan biri bo‘lib qolmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260225/ramazon-xorij-ozbekistonliklar-iftorliklar-55938545.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/08/56171548_0:0:2560:1920_1920x0_80_0_0_2a178e9c42ce7d88848080e54c624ed1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
moskva, ramazon chodiri, o‘zbekiston oqshomi, iftorlik, o‘zbekiston elchixonasi, xotira masjidi, rossiya, ramazon, madaniy-xayriya loyihasi, botirjon asadov, rushan abbasov, o‘zbekistonlik talabalar, o‘zbekiston - rossiya
moskva, ramazon chodiri, o‘zbekiston oqshomi, iftorlik, o‘zbekiston elchixonasi, xotira masjidi, rossiya, ramazon, madaniy-xayriya loyihasi, botirjon asadov, rushan abbasov, o‘zbekistonlik talabalar, o‘zbekiston - rossiya
Moskvadagi “Ramazon chodiri”da O‘zbekiston oqshomi: iftor, ma’naviyat va tarix bir kechada
Tadbir dasturidan iftorlik, konsert chiqishlari va Ulug‘ Vatan urushi yillarida evakuatsiya qilingan yetim bolalarni o‘z bag‘riga olgan o‘zbek oilalari haqidagi videorolik namoyishi o‘rin oldi
TOShKENT, 8 mar — Sputnik. Moskvadagi Xotira masjidi hududida “Ramazon chodiri” xayriya tadbiri doirasida O‘zbekiston oqshomi bo‘lib o‘tdi. Bayramona iftorlik O‘zbekiston elchixonasi tomonidan tashkil etildi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
“Ramazon chodiri” har yili o‘tkaziladigan madaniy-xayriya loyihasi bo‘lib, u Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi va Moskva musulmonlari diniy boshqarmasi tomonidan Moskva hukumati ko‘magida tashkil etiladi. Bu yilgi loyiha Rossiya xalqlari birligi yiliga bag‘ishlangan.
Kecha dasturidan ma’ruzalar, konsert chiqishlari hamda Ulug‘ Vatan urushi yillarida evakuatsiya qilingan yetim bolalarni o‘z bag‘riga olgan o‘zbek oilalari haqidagi videorolik namoyishi o‘rin oldi.
Rossiya musulmonlari diniy idorasi raisi o‘rinbosari, muftiy Rushan Abbasov O‘zbekiston Imom al-Buxoriy, at-Termiziy, an-Nasafiy kabi buyuk allomalarning boy ma’naviy va ilmiy merosi bilan mashhur ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, u joriy yilda O‘zbekistonda “Ma’naviy ipak yo‘li” xalqaro ilmiy-aqidaviy konferensiyasini o‘tkazish rejalashtirilayotganini, bu Rossiya va O‘zbekiston musulmonlari idoralari o‘rtasidagi hamkorlikning yana bir amaliy ifodasi bo‘lishini aytdi.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov Ramazon oyida xorijdagi vatandoshlar uchun keng ko‘lamli iftorlik tadbirlari o‘tkazilayotganini, bunday uchrashuvlar Rossiyaning qator shaharlarida bo‘lib o‘tgani va muqaddas oy oxirigacha davom etishini eslatib o‘tdi.
“Ta’kidlash joizki, “Ramazon chodiri” gumbazlari ostida yil sayin turli xalqlar va madaniyatlar vakillari to‘planib, o‘zaro hurmat va ma’naviy birdamlik muhitida muqaddas oy qadriyatlarini baham ko‘rmoqdalar,” — dedi Asadov.
Elchi Ulug‘ Vatan urushi yillarida yetim qolgan bolalarni bag‘riga olgan o‘zbek oilalari — Shomahmudovlar, Samadovlar, Qosimovlar va Bahrixon Ashirxo‘jayevalar misolida o‘zbek xalqining mehr-oqibati va insonparvarligini alohida ta’kidladi.
“Bu misollar insoniyatning ulkan rahm-shafqat tarixining bir qismi, xolos. Ular o‘zbek xalqi uchun hamma davrlarda ham insonning nasl-nasabi, tili, millati emas, balki insonning o‘zi, uning hayoti, qadr-qimmati muhim bo‘lganini yaqqol ko‘rsatadi. O‘nlab yillar o‘tdi, davrlar va avlodlar almashdi, ammo O‘zbekiston xalqini doimo ajratib turadigan ma’naviy fazilatlar — o‘zaro hurmat, xayrixohlik va yordamga tayyorlik o‘zgarishsiz qoldi,” — dedi Asadov.
U, shuningdek, yaqinda Peterburgda derazadan tushib ketgan bolani qutqargan o‘zbekistonlik Xayrullo Ibodullayevning jasoratini ham tilga oldi.
Yakunda ta’kidlanishicha, “Ramazon chodiri” butun muqaddas oy davomida xayriya iftorliklarini tashkil etishga qaratilgan bo‘lib, bu yil unda Qatar, Saudiya Arabistoni, Afg‘oniston, MDH davlatlari va Rossiya hududlaridan delegatsiyalar ishtirok etmoqda. O‘zbekiston esa loyihaning faol qatnashchilaridan biri bo‘lib qolmoqda.