Putin Pezeshkiyon bilan telefon orqali suhbatlashdi

© POOL / Mediabankka o‘tishVstrecha prezidenta RF V. Putina i prezidenta Irana M. Pezeshkiana
Vstrecha prezidenta RF V. Putina i prezidenta Irana M. Pezeshkiana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.03.2026
Obuna bo‘lish
Eron rahbari Rossiya xalqaro huquq miqyosda Eronni qo‘llab-quvvatlashini kutayotganini aytdi.
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Vladimir Putin Masud Pezeshkian bilan telefon orqali suhbatlashdi, deb xabar qilmoqda Kreml matbuot xizmati.
Rossiya prezidenti Eron Islom Respublikasi Oliy Rahbari Oyatulloh Seyid Ali Xomeneining, uning oila a’zolari va mamlakat harbiy va siyosiy rahbariyatining o‘ldirilishi hamda Isroil-Amerika harbiy tajovuzi natijasida ko‘plab tinch aholining qurbon bo‘lishi munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi.
Shuningdek, suhbatda Rossiyaning prinsipal pozitsiyasi Yaqin Sharqda harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish, kuch ishlatish usullaridan voz kechish va siyosiy va diplomatik yechim yo‘liga tezda qaytish ekanini bir bor tasdiqladi.

Ushbu munosabat bilan Vladimir Putin Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashiga a’zo davlatlar rahbarlari bilan doimiy aloqada ekanligini ta’kidladi.
Masud Pezeshkiyon, o‘z navbatida, Rossiyaning o‘z vatanining suvereniteti va mustaqilligini himoya qilayotgan Eron xalqi bilan birdamligi uchun minnatdorchilik bildirdi va mojaroning hozirgi keskin bosqichidagi voqealar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Eron prezidenti Eronning Ozarbayjonga hujumi haqidagi da’volarni qat’iyan rad etdi va bu mish-mishlarni qo‘shnilar o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlarini buzish uchun dushmanlarning fitnasi deb atadi.
U shuningdek, Eronning "hech qachon qo‘shnilariga hujum qilish maqsadi bo‘lmagan va bo‘lmaganini" ta’kidladi.
Suhbatda Eron rahbari Rossiya xalqaro huquq miqyosda Eronni qo‘llab-quvvatlashini kutayotganini aytdi.
"Eron Rossiyadan hozirgi hujumlar fonida Eron xalqining qonuniy huquqlarini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘zining xalqaro salohiyatidan foydalanishini kutmoqda", dedi Pezeshkiyon.
Eron tomoni bilan turli kanallar orqali aloqalar davom etishiga kelishib olindi.
Yangiliklar lentasi
0