Toshkent va Samarqand orasida eng yuqori toifali avtomagistral quriladi

© Foto : Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev rassmotrel xod realizatsii proyektov v transportnoy sfere
Shavkat Mirziyoyev rassmotrel xod realizatsii proyektov v transportnoy sfere - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.03.2026
Obuna bo‘lish
Yangi avtomagistralni besh yil ichida qurish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Toshkent va Samarqand orasida 150km/soat tezlikda harakatlanish mumkin bo‘lgan avtomagistral quriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan taqdimotda ma’lum bo‘ldi.
Ushbu yo‘lning umumiy uzunligi 282 km, bo‘ladi. Loyiha doirasida 12 ta transport yechimi, 91 ta ko‘prik va 16 ta yo‘l o‘tkazgich qurilishi ko‘zda tutilgan.
Yangi yo‘l eng yuqori Ia toifali magistral bo‘ladi. Yo‘lda sement-beton qoplamali oltita harakat tasmasi barpo etiladi. Yo‘lning loyihaviy tezligi soatiga 150 kilometr etib belgilanadi, deyiladi taqdimotda.
Shuningdek, Toshkent – Angren – Qamchiq dovoni yo‘nalishida 171 kilometrlik muqobil avtomobil yo‘li barpo etish loyihasi ham amalga oshiriladi. Ushbu yo‘lda 33 kilometrlik tonnellar hamda bir qator yirik muhandislik inshootlarining qurilishi rejalashtirilgan.
Undan tashqari yig‘ilishda Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish loyihasining asosiy parametrlari ko‘rib chiqildi. Birinchi bosqichda 208,4 ming kvadrat metrlik yo‘lovchi terminali, uzunligi 4 kilometrdan bo‘lgan ikkita uchish-qo‘nish yo‘lagini barpo etish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0