Prezident ayollarga mukofotlarni topshirdi
16:44 06.03.2026 (yangilandi: 20:11 06.03.2026)

© telegram sputnikuzbekistan
/ Obuna bo‘lish
Ko‘ksaroy qarorgohida 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayollarini 8-mart bilan tabrikladi.
“Inson hayotini, jamiyat taraqqiyotini xotin-qizlarsiz, ularning ezgu fazilatlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Biz sizlarning timsolingizda Uchinchi Renessans bunyodkori bo‘lib, maydonga chiqayotgan 22 million yosh avlodni onalik mehri bilan tarbiyalab, voyaga yetkazgan buyuk bir kuchni ko‘ramiz.
Sizlar tadbirkor, olim, muallim, shifokor, muhandis, davlat va jamoat arbobi, bir so‘z bilan aytganda, xonadonlarimiz farishtasi, oila va jamiyat tayanchi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz”, – dedi davlat rahbari.

Seremoniya vrucheniya nagrad jenshinam na kanune 8-marta
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shuningdek, prezident O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq va manfaatini ta’minlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratilgani ta’kidlandi. Qabul qilinayotgan har bir qonun, farmon va qarorlar gender tenglik nuqtayi nazaridan baholanayotgani aytib o‘tildi.
Davlat rahbari O‘zbekistonda tobora ko‘proq ayollar tadbirkorlik yoki kasanachilik va hunarmandchilikka jalb qilinayotgani ta’kidlab, 2026-yil davomida jami 1,5 million ayollarni daromadli qilish maqsad qilib qo‘yilganini aytib o‘tdi.
Undan tashqari oliygohlarda tahsil olayotgan talabalarning 54 % qizlar ekani ham aytib o‘tildi.

Seremoniya vrucheniya nagrad jenshinam na kanune 8-marta
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi keskin kurash boshlanganini aytib o‘tdi.
“Shu haftada yana bir muhim farmonni imzoladim. Endi xotin-qizlar va bolalarga nisbatan har qanday zo‘ravonlik va tazyiq holatlariga qarshi qat’iy tizim asosida kurash olib boramiz”, - dedi prezident.
8-mart arafasida prezident farmoni bilan bir guruh xotin-qizlar yuksak unvon, orden va medallar bilan hamda 28 nafar qizlar Zulfiya mukofoti bilan taqdirlangan edi. Bayram tadbirda ushbu mukofotlar egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Seremoniya vrucheniya nagrad jenshinam na kanune 8-marta
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana