Million, million so‘mlik atirgul...

Obuna bo‘lish
8 Mart bayrami arafasida gullar narxi keskin oshadi. 15ta gullik guldasta esa million so‘mdan oshishi mumkin.
An’anaga ko‘ra, 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar bayramida ayollarga gul sovg‘a qilinadi. Ammo hozirda ularning narxi odatdagidan ancha yuqori.
Sputnik O‘zbekiston muxbiri Toshkentdagi gul do‘konlarini aylanib, bitta gulning narxini ayrim oziq-ovqat mahsulotlari qiymati bilan solishtirib chiqdi.
Poytaxtda bir dona golland atirgulining o‘rtacha narxi qariyb 73 ming so‘mni tashkil qiladi.
Ayni paytda O‘zbekistonda yetishtirilgan xuddi shu navdagi atirgulning donasi 45–50 ming so‘m turadi.
25 dona atirguldan iborat guldasta taxminan 1 800 000 ming so‘m bo‘ladi.
Ba’zi gul do‘konlari golland atirgullariga 25 yoki undan ortiq miqdorda buyurtma qabul qiladi, bunda oldindan buyurtma berilsa, guldasta narxi arzonroq bo‘lishi mumkin.
Batafsil — infografikamizda.
Yangiliklar lentasi
0