Nega AQSh rahbariyati Eronga hujumni “Muqaddas urush” deb tushuntirmoqda?

© RIA Novosti / Izobrajenie sgenerirovano IIMechet Al-Aksa
Mechet Al-Aksa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.03.2026
Obuna bo‘lish
Xristian-sionistlar harakati AQShda 10 milliondan ko‘proq a’zoga ega. Tramp ma’muriyati orasida ular ayniqsa ko‘p.
Kecha Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov "Ankorij ruhi” tobopa yo‘qolib borayotganini aytdi. Bu Isroil tomonidan AQSh ko‘magida boshlangan Eronga qarshi urush bilan bevosita bog‘liqligini kam odam biladi.
Bugun G‘arb manbalari AQSh armiyasida sodir bo‘lgan janjalni faol muhokama qilmoqda: amerika harbiy xizmatchilardan Harbiy Diniy Erkinlik Jamg‘armasiga (MRFF) yuzlab shikoyatlar kelib tushgan. Ularda AQSh mudofaa vaziri Xegset lavozimidagi dastlabki kunlaridan boshlab harbiylar orasida tajovuzkor diniy targ‘ibotning keskin oshganligi haqida da’vo qilinmoqda. Shikoyatlarga ko‘ra, askarlar miyasini yuvib, "Eronga hujum Muqaddas Kitob tomonidan tasdiqlangan va Ilohiy rejaning bir qismi" deb tushuntirilmoqda. Prezident Donald Trampning o‘zi esa Iso Masih tomonidan Armageddon (Qiyomat-qoyim jangi) boshlash uchun yo‘naltirilgani da’vo qilinmoqda.
AQSh urush vaziri Pit Xegsetning o‘zi biroz oldin salibchilar shiorlari tushirilgan tatuirovkalari uchun masxara qilingan edi. Xegset aqldan ozgan yoki biror g‘ayrioddiy oqimga mansub diniy fanatik emas. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, u ham, Trampning yaqin doirasidagi bir qator shaxslar ham Qo‘shma Shtatlarda o‘n milliondan ortiq a’zolari bo‘lgan xristian-sionist harakati izdoshlaridan.
Bu harakatning (sekta desa ham bo‘ladi) asosiy tamoyillaridan biri shuki — masihiylar yahudiylarni har tomonlama himoya qilish va ularga yordam berishi kerak. Bu ishni Xudo ularga Muqaddas Kitobda buyurgan: Isroil dushmanlarini mag‘lub etishi, ularni o‘z yurtidan quvib chiqarishi va Uchinchi Ma’badni qayta qurishi kerak. Yahudiylar uchun keyingi ustuvor vazifa tanlangan xalq uchun abadiy shohlikni o‘rnatadigan Dovud avlodidan Masihning (Mashiah) kelishidir. Protestant sionistlar uchun yahudiylar tomonidan Ma’bad qurilishi Buyuk Musibat bilan boshlanadi, undan keyin Masih qaytib keladi.
2018 yilda, Xegset Fox News boshlovchisi bo‘lganida, u Quddusdagi konferensiyada Ma’bad tog‘idagi musulmonlarning muqaddas joylarini vayron qilish va Uchinchi Ma’badni qurishga chaqirdi, hatto isroilliklarni harakat qilishga chaqirdi: “endi Vashingtonda ularni qo‘llab-quvvatlaydigan haqiqiy dindorlar bor”, degan edi u o‘shanda.
Bu harakatning yana bir taniqli vakili - Oq Uyda kuchli ta’sirga ega bo‘lgan va u yerda butun boshli "Iymon idorasi"ni boshqaradigan o‘z nomi bilan atalgan protestant cherkovining rahbari Paula Uayt. U shaxsan "Ibrohim kelishuvlari"ni ishlab chiqish va yakunlashda, AQSh elchixonasini Quddusga ko‘chirishda, Golan tepaliklari ustidan Isroil suverenitetini tan olishda, “antisionizm”ni antisemitizm shakli sifatida tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzolashda faol rol o‘ynagan.
Tasodifan (aslida unday emas), Isroilning hozirgi hukmron elitalari ham jangari diniy qanotga mansub va uning hozirgi amaldorlarining ko‘pchiligi 1940-yillarda Uchinchi ibodatxonaning potensial joyida joylashgan Al-Aqso masjidini portlatishga uringan "Brit xa-birionim" (Isonchilar uyushmasi) a’zolari edi. Endi ular o‘zlarining qadimgi dushmanlari – va ularning diniy bashoratlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilayotgan Eronni yo‘q qilish rejasini bosqichma-bosqich amalga oshirmoqdalar.
Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu va Paula Uaytning yaqin do‘sti ochiqchasiga "Masih davri keldi" va Isroil endi o‘zining "Muqaddas Kitobdagi dushmanini" yo‘q qilishi kerakligini e’lon qildi.
Yuqorida aytilganlarning barchasini kimdir "Sion oqsoqollarining bayonnomalari" muxlislari va qora mushukni ko‘rib chap yelkasidan uch marta tupuradigan, yaltiroq folga shapkacha kiyib yuradigan fitna nazariyotchilarining gallyutsinatsiyalari bo‘lishi mumkin deyishi mumkin.
Ammo 2024-yil avgust oyida Isroilning Haaretz nashri "O‘ng qanot hokimiyatga kelganidan so‘ng Ma’badni qayta qurishga jiddiy yondashmoqda" sarlavhali maqola chop etdi, unda ochiqchasiga aytilgan edi: kelajakdagi Ma’bad uchun batafsil reja tayyorlangani, hatto ruhoniylarning liboslari tikilgani va marosim buyumlari allaqachon tayyorlangani batafsil aytib o‘tilgan.
Yangiliklar lentasi
0