O‘zbekistonda fevral inflyatsiyasi 0,6 foiz: narx o‘sishida oziq-ovqat yetakchi

Obuna bo‘lish
Fevral oyida O‘zbekistonda oylik inflyatsiya 0,6 foizni tashkil etdi. Narxlar o‘sishida asosiy ulush oziq-ovqat mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri keldi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil fevral oyida tovar va xizmatlar bo‘yicha iste’mol narxlari indeksi (INI) oylik hisobda 100,6 foizni tashkil etdi. Yil boshidan bu ko‘rsatkich 101,3 foiz, yillik hisobda esa 105,6 foizga yetdi.
Fevral oyida:
oziq-ovqat mahsulotlari narxi – 100,9 foiz,
nooziq-ovqat mahsulotlari – 100,2 foiz,
xizmatlar – 100,6 foizni tashkil etdi.
Oylik inflyatsiyaga eng katta ta’sirni “Oziq-ovqat va spirtsiz ichimliklar” bo‘limi ko‘rsatib, umumiy o‘sishning 60,7 foizini tashkil qildi.
Shuningdek, turar joy xizmatlari, kommunal to‘lovlar va transport sohalaridagi narxlar ham inflyatsiyaga sezilarli ta’sir qildi.
Yangiliklar lentasi
0