https://oz.sputniknews.uz/20260305/sirdaryo-bu-yil-ozgarish-56108023.html
Xitoyga o‘xshagan hudud, yangi suv ombori, “aqlli qishloq”: Sirdaryoda bu yil nimalar o‘zgaradi
Xitoyga o‘xshagan hudud, yangi suv ombori, “aqlli qishloq”: Sirdaryoda bu yil nimalar o‘zgaradi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Viloyatda Xitoy tajribasi asosida innovatsion hudud yaratish, “aqlli qishloq” loyihasi, 3 mlrd dollar investitsiya va yangi infratuzilma qurilishi rejalashtirilmoqda.
2026-03-05T09:28+0500
2026-03-05T09:28+0500
2026-03-05T10:07+0500
shavkat mirziyoyev
investitsiya
iqtisod
loyiha
ta’lim
sirdaryo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/05/56107859_0:93:1280:813_1920x0_80_0_0_1b5b2fb8406ee506a820cf4e4050fdd0.jpg
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi va ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Yig‘ilishda Sirdaryoni Xitoy tajribasi asosida ilg‘or innovatsion hududga aylantirish bo‘yicha ishlar muhokama qilindi.Shuningdek, Koreya Respublikasi, Yaponiya va Malayziyaga amalga oshirilgan xizmat safarlari doirasida investorlar bilan muzokaralar o‘tkazilib, yuzlab million dollarlik loyihalar shakllantirilgani qayd etildi.Joriy yilda viloyatga 3 milliard dollar investitsiya jalb qilish va eksportni 500 million dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.Buning hisobiga joriy yilda:O‘tgan yili viloyatda kambag‘allik darajasi 11,3 foizdan 6,2 foizga tushirildi.Shuningdek, bir qator infratuzilma va investitsiya loyihalari amalga oshiriladi.Infratuzilma:Uy-joy qurilishi:Qishloq xo‘jaligi:Shuningdek, qator yangi tashabbuslar rejalashtirilgan:Prezident yoshlarni zamonaviy kasblar va tillarga o‘qitish masalasiga ham e’tibor qaratib, xalqaro standartlar asosida malaka baholash markazlarini tashkil etish va kamida 2 ming yoshni kasb-hunarga tayyorlash zarurligini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251204/sirdaryo-yirik-rejalar-53946475.html
sirdaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/05/56107859_143:0:1280:853_1920x0_80_0_0_4dbc13934c1fec5a7cc56ef759ff2cc1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, sirdaryo viloyati, xitoy tajribasi, aqlli qishloq, sultonhovuz suv ombori, investitsiya sirdaryo, guliston, erkin iqtisodiy zonasi, quyosh panellari ishlab chiqarish, o‘zbekiston iqtisodiyoti, sirdaryo investitsiya loyihalari, xovos tumani, infratuzilma loyihalari
shavkat mirziyoyev, sirdaryo viloyati, xitoy tajribasi, aqlli qishloq, sultonhovuz suv ombori, investitsiya sirdaryo, guliston, erkin iqtisodiy zonasi, quyosh panellari ishlab chiqarish, o‘zbekiston iqtisodiyoti, sirdaryo investitsiya loyihalari, xovos tumani, infratuzilma loyihalari
Xitoyga o‘xshagan hudud, yangi suv ombori, “aqlli qishloq”: Sirdaryoda bu yil nimalar o‘zgaradi
09:28 05.03.2026 (yangilandi: 10:07 05.03.2026) Prezident Sirdaryo viloyatini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Viloyatda 3 milliard dollar investitsiya jalb qilish, “aqlli qishloq”ni joriy etish va yangi infratuzilma qurish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi va ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Yig‘ilishda Sirdaryoni Xitoy tajribasi asosida ilg‘or innovatsion hududga aylantirish bo‘yicha ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, Koreya Respublikasi, Yaponiya va Malayziyaga amalga oshirilgan xizmat safarlari doirasida investorlar bilan muzokaralar o‘tkazilib, yuzlab million dollarlik loyihalar shakllantirilgani qayd etildi.
Joriy yilda viloyatga 3 milliard dollar investitsiya jalb qilish va eksportni 500 million dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Buning hisobiga joriy yilda:
yalpi hududiy mahsulot – 9 foizga;
qishloq xo‘jaligi – 6,8 foizga;
qurilish – 15 foizga o‘sishi rejalashtirilgan.
O‘tgan yili viloyatda kambag‘allik darajasi 11,3 foizdan 6,2 foizga tushirildi.
Joriy yilda tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 10 trillion so‘m resurs ajratiladi. Bu orqali 185 ming aholini ish bilan ta’minlash, ishsizlikni 4,6 foizga, kambag‘allikni 3 foizgacha kamaytirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, bir qator infratuzilma va investitsiya loyihalari amalga oshiriladi.
349 km elektr tarmoqlari qurish;
99 ta transformator o‘rnatish;
ichimlik suvi bilan ta’minlashni 89,5 foizga yetkazish.
3,5 ming xonadondan iborat 80 ta ko‘p qavatli uy qurilishi, shundan 1,5 ming xonadon “Yangi O‘zbekiston” massivlarida.
“Sirdaryo agro invest” kompaniyasini tashkil etish;
Xovosda yuqori agrotexnologiyali ekin maydonlari;
20,8 ming gektarda suv ta’minotini yaxshilash;
748 million kub metr suvni tejash;
Shuningdek, qator yangi tashabbuslar rejalashtirilgan:
Xovos tumanida Vengriya tajribasi asosida “aqlli qishloq” pilot loyihasi;
Gulistondagi “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasida 5 ming ish o‘rinli loyihalar;
100 million dollarlik quyosh panellari ishlab chiqarish;
Boyovut tumanida “Sultonhovuz” suv ombori qurilishi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asos ishlab chiqish;
yo‘llar ta’miriga xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish
Mirzaobodda anorni saqlash va qayta ishlash agromajmuasi
Prezident yoshlarni zamonaviy kasblar va tillarga o‘qitish masalasiga ham e’tibor qaratib, xalqaro standartlar asosida malaka baholash markazlarini tashkil etish va kamida 2 ming yoshni kasb-hunarga tayyorlash zarurligini ta’kidladi.