Lavrov Ukraina bo‘yicha muzokaralar, NATO va operatsiya maqsadlari haqida bayonotlar berdi
15:22 05.03.2026 (yangilandi: 15:32 05.03.2026)

© Sputnik / Press-slujba MID RF
/ Obuna bo‘lish
Sergey Lavrov Ukraina atrofidagi vaziyat, muzokaralar istiqboli, maxsus harbiy operatsiya maqsadlari, sanksiyalar va NATOning harakatlari haqida qator bayonotlar berdi.
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, Rossiyaning maxsus harbiy operatsiyasi maqsadlaridan biri Ukraina hududidan kelayotgan milliy xavfsizlikka tahdidlarni bartaraf etish hisoblanadi. Bu haqda u MGIMO Diplomatik akademiyasida o‘tkazilgan davra suhbatida ma’lum qildi.
Tadbirga 100 nafardan ortiq elchi hamda xalqaro tashkilotlar vakillari taklif etilgan.
Lavrovning boshqa bayonotlari:
“G‘arb tomonidan tayyorlangan va oxir-oqibat Ukraina rejimi qo‘li bilan Rossiyaga qarshi boshlangan urushning maqsadi mamlakatimizni zaiflashtirishdir. Buning ortida Rossiyani parchalashga intilish ham yotgan bo‘lishi mumkin”.
“G‘arbning yoki biz bilan, yoki Rossiyaga qarshi degan yondashuvi hech qayerga ketmadi. Bu, ayniqsa, Ukrainani NATOga tortishga urinishlarda namoyon bo‘ldi. Bu sa’y-harakatlarning halokatliligi haqida anchadan buyon ogohlantirilmoqda”.
“Yevropa Ittifoqi o‘z ritorikasi bilan hatto NATOdan ham oshib ketgan bo‘lishi mumkin. Uning harbiylashuvi Rossiyaga qarshi yo‘naltirilgan”.
“Biz (AQSh bilan — tahr.) muzokaralar niqob ekaniga hozircha asos ko‘rmayapmiz, chunki amerikalik hamkasblarimiz bilan bevosita aloqadamiz”.
“Kiyev rejimi terrorchilik mohiyatini ko‘rsatuvchi ko‘plab misollar mavjud. Ular jahon iqtisodiyoti uchun muhim infratuzilma obyektlariga zarar yetkazmoqda. "Shimoliy oqim"lar bilan bo‘lgani kabi "Turk oqimi" va "Moviy oqim"ga ham hujum rejalashtirmoqda”.
“Biz Alyaska kelishuvlariga to‘liq sodiqmiz ... Umid qilamizki, amerikalik hamkasblarimizni hech kim bu to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmaydi”.
“Ankorijda ruh unchalik muhim emasdi. Ruh — do‘stona, o‘zaro hurmatga asoslangan konstruktiv muhit edi. Ammo ruh bug‘lanib ketmoqda”.
Asosiy kelishuvlarga, mazmunli kelishuvlarga hali erishilgani yo‘q.
NATOning PURL dasturi doirasida AQSh Ukrainaga muhim harbiy texnika yetkazib bermoqda. Yozdan beri ushbu dastur orqali "Patriot" uchun raketalarning taxminan 75 foizi, boshqa havo mudofaa tizimlari uchun o‘q-dorilarning 90 foizi yetkazib berilgan.
Zelenskiy ta’kidlagan xavfsizlik kafolatlari Ukraina uchun u qoladigan chegaralarda xavfsizlikni ta’minlashni nazarda tutadi. “Biz bu kabi kafolatlarni na ma’qulladik va na ularni ko‘rdik”.
"Muzokaralarga tayyormiz. Biroq ko‘p hollarda muzokaralar do‘stona bo‘lmagan harakatlarni niqoblash vositasiga aylanib qolayotganini ko‘rapmiz”.
Rossiya tomoni AQSh Ukrainaga razvedka ma’lumotlari berishni davom ettirayotgani, shuningdek, Yevropa davlatlariga qurol sotib, ular orqali Kiyevga yetkazib berilayotganini ham ko‘rapmiz;
Rossiyani jahon energetika bozorlaridan siqib chiqarishga qaratilgan ko‘p yangi sanksiyalar Tramp ma’muriyati tomonidan qabul qilinmoqda.

