https://oz.sputniknews.uz/20260228/xolis-tergov-va-jazo-muqarrarligi-taminlanadi--bosh-prokuratura--56017212.html
Xolis tergov va jazo muqarrarligi ta’minlanadi — Bosh prokuratura
Xolis tergov va jazo muqarrarligi ta’minlanadi — Bosh prokuratura
Sputnik O‘zbekiston
Ushbu ish yuzasidan tergov harakatlari Bosh prokuratura tomonidan alohida nazoratga olingan. 28.02.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-02-28T10:30+0500
2026-02-28T10:30+0500
2026-02-28T10:39+0500
bosh prokuratura
tergov
yo‘l-patrul xizmati (ypx)
yth
qonun
qonunbuzar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/1c/56017497_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_823f77f6d4d13f1f9bf596219e3d5aa2.jpg
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Mirobod tumanida voyaga yetmagan shaxs tomonidan YPX inspektorini urib yuborish yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi. Shuningdek, Tergov harakatlari Bosh prokuratura tomonidan alohida nazoratga olingani ham aytib o‘tilgan. Ayni damda gumonlanuvchi ushlangan. U Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi va 104-moddasi 3-qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatlar sodir etishda gumon qilinmoqda. Bular xususan, transport vositasini olib qochish , o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan og‘ir shikast yetkazish kabi jinoyatlardir.Dastlabki tergovda aniqlanishicha, 2010-yilda tug‘ilgan fuqaro, 10-sinf o‘quvchisi, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimay, ijtimoiy tarmoqlarda maqtanish maqsadida, avtomashinaga migalka va sirenalar o‘rnatgan holda bir necha marotaba jamoat xavfsizligiga qarshi huquqbuzarliklar sodir etib kelgan.Bir oy oldin, ushbu fuqaro YPX xodimlarining to‘xtash haqidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmaganligi uchun, uning otasi 2026-yilning 9-yanvar kuni Ma’muriy javobgarlik kodeksining 47-moddasiga muvofiq (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) javobgarlikka tortilgan. Voqea qanday bo‘lgan edi25 fevral kuni soat 21:30 larda tanishining opasiga tegishli bo‘lgan “BMW” rusumli avtomashina yuvish shaxobchasida qoldirilganligidan xabar topib, turargohda kaliti bilan qoldirilgan avtomashinani olib qochgan.Mirobod tumani Nukus ko‘chasida, u Yo‘l-patrul xizmati inspektori Hosilbek Eshnazarovning piyodalar va boshqa harakat ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash maqsadida transport oqimini to‘xtatish haqidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmagan.Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan barcha zarur tibbiy yordamga qaramasdan, IIV xodimi Hosilbek Eshnazarov 27-fevral kuni vafot etdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/1c/56017497_161:0:1121:720_1920x0_80_0_0_38de4e3c80fd5c525683e1226f4f35ad.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bosh prokuratura, tergov, yo‘l-patrul xizmati (ypx), yth, qonun, qonunbuzar
bosh prokuratura, tergov, yo‘l-patrul xizmati (ypx), yth, qonun, qonunbuzar
Xolis tergov va jazo muqarrarligi ta’minlanadi — Bosh prokuratura
10:30 28.02.2026 (yangilandi: 10:39 28.02.2026) Ushbu ish yuzasidan tergov harakatlari Bosh prokuratura tomonidan alohida nazoratga olingan.
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Mirobod tumanida voyaga yetmagan shaxs tomonidan YPX inspektorini urib yuborish yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi.
"Tergov harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilib, aybdor shaxsga nisbatan jazo muqarrarligi qat’iy ta’minlanadi", - deyiladi bayonotda.
Shuningdek, Tergov harakatlari Bosh prokuratura tomonidan alohida nazoratga olingani ham aytib o‘tilgan.
Ayni damda gumonlanuvchi ushlangan. U Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi va 104-moddasi 3-qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatlar sodir etishda gumon qilinmoqda. Bular xususan, transport vositasini olib qochish , o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan og‘ir shikast yetkazish kabi jinoyatlardir.
Dastlabki tergovda aniqlanishicha, 2010-yilda tug‘ilgan fuqaro, 10-sinf o‘quvchisi, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimay, ijtimoiy tarmoqlarda maqtanish maqsadida, avtomashinaga migalka va sirenalar o‘rnatgan holda bir necha marotaba jamoat xavfsizligiga qarshi huquqbuzarliklar sodir etib kelgan.
Bir oy oldin, ushbu fuqaro YPX xodimlarining to‘xtash haqidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmaganligi uchun, uning otasi 2026-yilning 9-yanvar kuni Ma’muriy javobgarlik kodeksining 47-moddasiga muvofiq (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) javobgarlikka tortilgan.
25 fevral kuni soat 21:30 larda tanishining opasiga tegishli bo‘lgan “BMW” rusumli avtomashina yuvish shaxobchasida qoldirilganligidan xabar topib, turargohda kaliti bilan qoldirilgan avtomashinani olib qochgan.
Mirobod tumani Nukus ko‘chasida, u Yo‘l-patrul xizmati inspektori Hosilbek Eshnazarovning piyodalar va boshqa harakat ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash maqsadida transport oqimini to‘xtatish haqidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmagan.
Barcha transport vositalari to‘xtagan bo‘lishiga qaramasdan, haydovchilik guvohnomasi va avtomashina hujjatlariga ega bo‘lmagan voyaga yetmagan qonunbuzar, javobgarlikdan qochish maqsadida, oldi va yon tomonidagi avtomashinalarni keskin aylanib o‘tib, avariyaviy holat yuzaga keltirgan hamda xizmat vazifasini bajarayotgan Yo‘l-patrul xizmati xodimini avtomashinasi bilan urib, unga hayot uchun xavfli og‘ir tan jarohati yetkazgan holda harakatini davom ettirgan.
Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan barcha zarur tibbiy yordamga qaramasdan, IIV xodimi Hosilbek Eshnazarov 27-fevral kuni vafot etdi.