Isroil va AQSh Eronga zarba berdi

© AP PhotoDim na meste udara po Tegeranu
Dim na meste udara po Tegeranu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.02.2026
Obuna bo‘lish
Eronning bir necha shaharlarida portlashlar sodir bo‘ldi.
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Isroil Eronga "oldini oluvchi" hujum uyushtirdi va mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi, dedi mamlakat mudofaa vaziri.

Tehron markazida portlashlar sodir bo‘ldi.

Isroil o‘z havo hududini yopdi.
Eron ham o‘z havo hududini yopdi.
Eron oliy rahbari Oyatulloh Homanaiy havfsiz joyga ko‘chirildi deb xabar qilmoqda Eron OAVlari.

New York Times va Al-Jazeera OAVlari Eronga uyushtirilgan hujumlarda AQSh ham ishtirok etganini xabar qilishdi.

AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ushbu xabarlarga izoh berishdan voz kechdi.

Zarbalar havodan va dengizdan berilmoqda, deb xabar qildi Reuters AQSh amaldoriga tayanib.

Zarbalar Eron rahbariyatini yo‘q qilish va mamlakat mudofaa qobiliyatini susaytirishga qaratilgan deb xabar qilmoqda OAV AQSh rasmiylariga tayanib.

Portlashlar Eronnning boshqa shaharlaridan ham sodir bo‘ldi. Qum, Isfahon, Kermanshoh va Kerej, deb xabar qilmoqda Fars agentligi.

Oldinroq AQSh va Eronning yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralari bo‘lib o‘tgan edi. Unda Eron o‘z yadroviy dasturidan voz kechmasligini bildirgan edi.
Avianoses VMS SShA Djerald Ford proxodit Gibraltarskiy proliv. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2026
Yaqin Sharqda keskinlik: Tramp Eron tomonga yana qo‘shimcha harbiy kuch yubormoqda
Yangiliklar lentasi
0