https://oz.sputniknews.uz/20260226/yoshlar-daftar-ozgarishlar-55951383.html
Elektron platforma, ijtimoiy shartnoma va pul mukofoti: “Yoshlar daftari”da o‘zgarishlar bo‘ladi
Elektron platforma, ijtimoiy shartnoma va pul mukofoti: “Yoshlar daftari”da o‘zgarishlar bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
Hukumat qarori bilan “Yoshlar daftari”ga kiritish tartibi va ijtimoiy yordam shartlari yangilandi. Ro‘yxatga 14–30 yoshli, daromadi belgilangan mezondan oshmaydigan yoshlar kiritiladi. Eng faollar pul mukofoti oladi.
2026-02-26T11:05+0500
2026-02-26T11:05+0500
2026-02-26T11:05+0500
o‘zbekiston
jamiyat
yangi qonun
yaidxp
yoshlar
yoshlar siyosati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/08/40804883_0:0:993:559_1920x0_80_0_0_b97571947a97cc9509e6d204fd741c59.jpg
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Hukumat qarori bilan “Yoshlar daftari”ga kiritiladigan yoshlar toifasi hamda ularga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam shartlari aniqlashtirildi. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son qaroriga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.Qarorga ko‘ra, “Yoshlar daftari”ga doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatda turgan, 14 yoshga to‘lgan va 31 yoshga to‘lmagan quyidagi toifadagi yoshlar kiritiladi:“Yoshlar daftari”ga kirish va ijtimoiy yordam olish uchun ariza davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Yoshlar yagona elektron platformasi orqali beriladi.Monitoring jarayonida ijtimoiy shartnomada belgilangan har bir shart har oyda 100 balli tizim asosida baholanadi. Barcha shartlar bo‘yicha to‘plangan ballar yig‘indisi shartlar soniga bo‘linib, o‘rtacha ko‘rsatkich aniqlanadi.Kamida 6 oy davomida ijtimoiy shartnoma shartlarini “a’lo” darajada bajargan va o‘rtacha oylik ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan 1 000 nafargacha yoshlar har yili dekabr oyida bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 3 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260204/ijtimoiy-reestr-oilalar-toifa-ajratilish-55470298.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/08/40804883_10:0:921:683_1920x0_80_0_0_fabe5c59000aa169828d50f5d4a043d8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, vazirlar mahkamasi, yoshlar daftari, ijtimoiy yordam, ijtimoiy shartnoma, bhm, minimal iste’mol xarajatlari, my.gov.uz, yoshlar yagona elektron platformasi
o‘zbekiston, vazirlar mahkamasi, yoshlar daftari, ijtimoiy yordam, ijtimoiy shartnoma, bhm, minimal iste’mol xarajatlari, my.gov.uz, yoshlar yagona elektron platformasi
Elektron platforma, ijtimoiy shartnoma va pul mukofoti: “Yoshlar daftari”da o‘zgarishlar bo‘ladi
Yangi tartibga ko‘ra, ro‘yxatga kam ta’minlangan oilalar yoshlari kiritiladi. Ijtimoiy shartnomani a’lo bajargan 1 000 nafargacha yosh har yili pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Hukumat qarori bilan “Yoshlar daftari”ga kiritiladigan yoshlar toifasi hamda ularga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam shartlari aniqlashtirildi. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son qaroriga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritildi.
Qarorga ko‘ra, “Yoshlar daftari”ga doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatda turgan, 14 yoshga to‘lgan va 31 yoshga to‘lmagan quyidagi toifadagi yoshlar kiritiladi:
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar a’zolari;
oilasining har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan oshmaydigan yoshlar.
“Yoshlar daftari”ga kirish va ijtimoiy yordam olish uchun ariza davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Yoshlar yagona elektron platformasi orqali beriladi.
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan ajratiladigan yordamlar individual reja asosida ijtimoiy shartnoma tuzish orqali taqdim etiladi. Mazkur shartnoma shartlarining bajarilishi elektron platforma orqali avtomatik monitoring qilinadi.
Monitoring jarayonida ijtimoiy shartnomada belgilangan har bir shart har oyda 100 balli tizim asosida baholanadi. Barcha shartlar bo‘yicha to‘plangan ballar yig‘indisi shartlar soniga bo‘linib, o‘rtacha ko‘rsatkich aniqlanadi.
Kamida 6 oy davomida ijtimoiy shartnoma shartlarini “a’lo” darajada bajargan va o‘rtacha oylik ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan 1 000 nafargacha yoshlar har yili dekabr oyida bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 3 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.