https://oz.sputniknews.uz/20260225/ukraine-prezident-ofis-orinbosar-korruptsiya-55930969.html
Ukraina prezidenti ofisi sobiq rahbari o‘rinbosarining yaqinlari korrupsiyada gumonlanmoqda
Ukraina prezidenti ofisi sobiq rahbari o‘rinbosarining yaqinlari korrupsiyada gumonlanmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Ukraina prezidenti ofisi sobiq rahbar o‘rinbosari Rostislav Shurma nomi tilga olinayotgan korrupsiya ishi bo‘yicha tergov davom etmoqda. Gap 3,2 mln dollar va "yashil tarif" sxemasi haqida ketmoqda.
2026-02-25T11:01+0500
2026-02-25T11:01+0500
2026-02-25T11:24+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
korrupsiya
amaldor
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/12/54281589_0:90:343:283_1920x0_80_0_0_2a950486bf2919cda8461e4c720fb799.jpg
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Davom etayotgan harbiy mojaro fonida Ukraina prezidenti ofisi sobiq vakillari nomi tilga olinayotgan korrupsiyaga oid yangi jinoiy epizod jamoatchilik e’tiborini tortmoqda.RIA Novostining sud materiallariga tayanib xabar berishicha, Ukraina prezidenti ofisi sobiq rahbar o‘rinbosari Rostislav Shurma va uning yaqinlari bilan bog‘liq tuzilmalar 3,2 million dollarlik ehtimoliy talon-toroj ishida tilga olingan.Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Shurma 2019-yilda "GELІOS" investitsiya fondiga rahbarlik qilgan. 2021-yil noyabrda esa boshqaruv uning ukasi Oleg Shurmaning rafiqasiga o‘tgan. Aynan shu davrda fond bilan bog‘liq qator kompaniyalar faoliyati tergov doirasiga tushgan.Ukraina Milliy korrupsiyaga qarshi burosi 21-yanvar kuni sobiq amaldorga nisbatan ayblov e’lon qilinganini ma’lum qildi. Oliy rada deputati Yaroslav Jeleznyak gap aynan Rostislav Shurma haqida ketayotganini bildirgan. U 2021–2024 yillarda mazkur lavozimda ishlagan.Tergov versiyasiga ko‘ra, umumiy ehtimoliy zarar 320 million grivna (taxminan 7,4 million dollar) deb baholanmoqda. Hozircha ish yuzasidan rasmiy tergov davom etmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260204/ukraina-yaroqsiz-minalar-55471285.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/12/54281589_0:58:343:315_1920x0_80_0_0_9fe12930b1fc91b20b9d3f9a5630d2c1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rostislav shurma, oleg shurma, ukraina, kiyev, ukraina prezidenti ofisi, nabu, "gelіos" fondi, yashil tarif, 3,2 million dollar, 320 million grivna, korrupsiya ishi, harbiy mojaro fonida
rostislav shurma, oleg shurma, ukraina, kiyev, ukraina prezidenti ofisi, nabu, "gelіos" fondi, yashil tarif, 3,2 million dollar, 320 million grivna, korrupsiya ishi, harbiy mojaro fonida
Ukraina prezidenti ofisi sobiq rahbari o‘rinbosarining yaqinlari korrupsiyada gumonlanmoqda
11:01 25.02.2026 (yangilandi: 11:24 25.02.2026) Tergovga ko‘ra, Rossiya nazoratidagi hududlarda joylashgan va Ukraina energetikasiga elektr yetkazib bermagan quyosh stansiyalari 2023-yil yozigacha "yashil tarif" bo‘yicha to‘lov olgan.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Davom etayotgan harbiy mojaro fonida Ukraina prezidenti ofisi sobiq vakillari nomi tilga olinayotgan korrupsiyaga oid yangi jinoiy epizod jamoatchilik e’tiborini tortmoqda.
RIA Novostining sud materiallariga tayanib
xabar berishicha, Ukraina prezidenti ofisi sobiq rahbar o‘rinbosari Rostislav Shurma va uning yaqinlari bilan bog‘liq tuzilmalar 3,2 million dollarlik ehtimoliy talon-toroj ishida tilga olingan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Shurma 2019-yilda "GELІOS" investitsiya fondiga rahbarlik qilgan. 2021-yil noyabrda esa boshqaruv uning ukasi Oleg Shurmaning rafiqasiga o‘tgan. Aynan shu davrda fond bilan bog‘liq qator kompaniyalar faoliyati tergov doirasiga tushgan.
Aytilishicha, ushbu kompaniyalar quyosh elektr stansiyalari bilan aloqador bo‘lgan. Tergov materiallariga ko‘ra, mazkur stansiyalar Ukraina energetika tizimiga elektr yetkazib bermaganiga qaramasdan, 2023-yil yozigacha "yashil tarif" asosida to‘lov olgan bo‘lishi mumkin.
Ukraina Milliy korrupsiyaga qarshi burosi 21-yanvar kuni sobiq amaldorga nisbatan ayblov e’lon qilinganini ma’lum qildi. Oliy rada deputati Yaroslav Jeleznyak gap aynan Rostislav Shurma haqida ketayotganini bildirgan. U 2021–2024 yillarda mazkur lavozimda ishlagan.
Tergov versiyasiga ko‘ra, umumiy ehtimoliy zarar 320 million grivna (taxminan 7,4 million dollar) deb baholanmoqda. Hozircha ish yuzasidan rasmiy tergov davom etmoqda.