https://oz.sputniknews.uz/20260224/uzbekistan-belarus-sanoat-kooperatsiya-yol-xarita-55906746.html
O‘zbekiston va Belarus 2030-yilgacha sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqadi
O‘zbekiston va Belarus 2030-yilgacha sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqadi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda O‘zbekiston va Belarus sanoat idoralari rahbarlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Tomonlar 2030-yilgacha hamkorlik, loyihalar va oziq-ovqat eksporti... 24.02.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-02-24T12:42+0500
2026-02-24T12:42+0500
2026-02-24T12:42+0500
iqtisod
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
hamkorlik
belarus
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/18/55906363_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_c8b07e028d6c61f1a9eed7f1e3ea8229.jpg
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Toshkentda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshabayev hamda Belarus sanoat vaziri o‘rinbosari Denis Bakey o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.Uchrashuvda sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish va 2030-yilgacha mo‘ljallangan hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.Tomonlar qo‘shma loyihalar ijrosini ko‘rib chiqdi. Parrandachilik, qishloq xo‘jaligi texnikalarini yig‘ish va kabel mahsulotlari ishlab chiqarish ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi.Ayni paytda O‘zbekistonda Belarus kapitali ishtirokidagi 244 ta, Belarusda esa O‘zbekiston kapitali ishtirokidagi 229 ta korxona faoliyat yuritmoqda."BelTA" agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Belarus bosh vaziri Aleksandr Turchinning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida oziq-ovqat sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma imzolandi. Hujjatda 2026-yil uchun Belarus mahsulotlarini O‘zbekistonga eksport qilishning aniq hajmlari belgilab qo‘yilgan.Shuningdek, yog‘ochni qayta ishlash sohasida o‘tkazilgan B2B muzokaralar natijasida 10 ta shartnoma imzolandi. Belarus kompaniyalari O‘zbekistonga mahsulot yetkazib berish bo‘yicha 25 million dollarlik shartnomalar tuzgani ma’lum qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20260223/belarus-bosh-vazir-tashrif-uzbekistan-55894240.html
belarus
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/18/55906363_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_57147b67dba235e30dfc9028ca2b017b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, hamkorlik, belarus, o‘zbekiston
iqtisod, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, hamkorlik, belarus, o‘zbekiston
O‘zbekiston va Belarus 2030-yilgacha sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqadi
Toshkentda O‘zbekiston va Belarus sanoat idoralari rahbarlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Tomonlar 2030-yilgacha hamkorlik, loyihalar va oziq-ovqat eksporti bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Toshkentda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshabayev hamda Belarus sanoat vaziri o‘rinbosari Denis Bakey o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati
xabar berdi.
Uchrashuvda sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish va 2030-yilgacha mo‘ljallangan hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar qo‘shma loyihalar ijrosini ko‘rib chiqdi. Parrandachilik, qishloq xo‘jaligi texnikalarini yig‘ish va kabel mahsulotlari ishlab chiqarish ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi.
Shu bilan birga, qo‘shma korxonalar faoliyatini kengaytirish va ikki tomonlama investitsiyaviy hamkorlikni kuchaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Ayni paytda O‘zbekistonda Belarus kapitali ishtirokidagi 244 ta, Belarusda esa O‘zbekiston kapitali ishtirokidagi 229 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
"BelTA" agentligi ma’lumotlariga
ko‘ra, Belarus bosh vaziri Aleksandr Turchinning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida oziq-ovqat sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma imzolandi. Hujjatda 2026-yil uchun Belarus mahsulotlarini O‘zbekistonga eksport qilishning aniq hajmlari belgilab qo‘yilgan.
Shuningdek, yog‘ochni qayta ishlash sohasida o‘tkazilgan B2B muzokaralar natijasida 10 ta shartnoma imzolandi. Belarus kompaniyalari O‘zbekistonga mahsulot yetkazib berish bo‘yicha 25 million dollarlik shartnomalar tuzgani ma’lum qilindi.