https://oz.sputniknews.uz/20260224/jasorat-medal-xayrullo-ibadullaev-55902990.html
“Jasorat” medali va 1 mln rubl: Xayrullo Ibadullayev pulni kasal otasiga yubordi
“Jasorat” medali va 1 mln rubl: Xayrullo Ibadullayev pulni kasal otasiga yubordi
Sputnik O‘zbekiston
Sankt-Peterburgda bolani qutqargan Xayrullo Ibadullayev “Jasorat” medali bilan taqdirlandi. U Rossiyada olgan 1 million rubl mukofotini kasal otasiga yuborganini bildirdi.
2026-02-24T10:12+0500
2026-02-24T10:12+0500
2026-02-24T15:36+0500
rossiya
o‘zbekiston
sankt-peterburg
mukofot
toshkent
migrantlar
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/17/55900721_138:28:981:502_1920x0_80_0_0_a587370bf11b80b5f32a98fe66a30d0a.jpg
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Sankt-Peterburg shahrida ko‘p qavatli uyning yuqori qismidan pastga qulab tushayotgan bolani qutqarib, uning hayotini saqlab qolgan Xayrullo Ibadullayev “Jasorat” medali bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.Farmonda ta’kidlanishicha, u Sankt-Peterburg shahrida yuz bergan vaziyatda o‘z joni va salomatligini xavf ostiga qo‘yib, ko‘p qavatli uydan pastga qulab tushayotgan bolaga amaliy yordam ko‘rsatgan hamda uning hayotini saqlab qolgan. Shu orqali u xalqga xos yuksak jasorat, qahramonlik va fidoyilik fazilatlarini yaqqol namoyon etgani qayd etilgan.Avval xabar berganimizdek, Xayrullo Ibadullayevga Rossiyaning RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan tomonidan Tigran Keosayan nomidagi 1 million rubl (taxminan 160 million so‘m) miqdorida mukofot taqdim etilgan edi. U mazkur mablag‘ni Qashqadaryo viloyatidagi kasal otasiga yuborishini ma’lum qildi.Shuningdek, uning rafiqasi RIA Novosti agentligiga bergan izohida turmush o‘rtog‘i avtomobil sotib olishini orzu qilayotganini aytdi.U, shuningdek, hozirda Sankt-Peterburg shifoxonasida davolanayotgan bolaga tezroq sog‘ayishini tilab, barcha bolalarga salomatlik yor bo‘lishini so‘radi.Hodisa Sankt-Peterburg shahrida sodir bo‘lgan. Ko‘p qavatli uyning 7-qavati derazasidan olti yoshli bola yiqilib tushgan. Uni hovlida ishlayotgan o‘zbekistonlik mehnat migranti Xayrullo Ibadullayev tutib qolgan.Uning so‘zlariga ko‘ra, bola karnizga chiqib, muvozanatni yo‘qotgan. Ibadullayev yugurib borib, uni qo‘lidan kelganicha ushlab qolgan va tanasi bilan yiqilish zarbasini yumshatgan. Har ikkisi yerga yiqilgan.Shifokorlar bolada oyoq sinishi va ichki jarohatlar borligini ma’lum qilgan, holati barqaror. Ibadullayevning o‘zida ham panja va qovurg‘alar sinishi aniqlangan.OAV ma’lumotlariga ko‘ra, u Sankt-Peterburgga to‘rt oy avval ishlash uchun kelgan. Uy aholisi uni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mablag‘ yig‘ishni boshlagan.
https://oz.sputniknews.uz/20260223/russia-bloger-ogli-qutqaruv-tafsilotlar-55898256.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/17/55900721_100:0:1004:678_1920x0_80_0_0_9e776b7a19a144e6a13ecd8db6105b6d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xayrullo ibadullayev, jasorat medali, sankt-peterburg, bolani qutqardi, 1 million rubl, mukofot, mehnat migranti, qahramonlik, o‘zbekiston
xayrullo ibadullayev, jasorat medali, sankt-peterburg, bolani qutqardi, 1 million rubl, mukofot, mehnat migranti, qahramonlik, o‘zbekiston
“Jasorat” medali va 1 mln rubl: Xayrullo Ibadullayev pulni kasal otasiga yubordi
10:12 24.02.2026 (yangilandi: 15:36 24.02.2026) Xayrullo Ibadullayev medal bilan taqdirlandi. U Rossiyada olgan 1 mln rubl mukofotini kasal otasiga yuborganini aytdi, rafiqasi esa uning Toshkentdan uy sotib olish orzusi borligini ma’lum qildi.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Sankt-Peterburg shahrida ko‘p qavatli uyning yuqori qismidan pastga qulab tushayotgan bolani qutqarib, uning hayotini saqlab qolgan Xayrullo Ibadullayev “Jasorat” medali bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati
xabar berdi.
Farmonda ta’kidlanishicha, u Sankt-Peterburg shahrida yuz bergan vaziyatda o‘z joni va salomatligini xavf ostiga qo‘yib, ko‘p qavatli uydan pastga qulab tushayotgan bolaga amaliy yordam ko‘rsatgan hamda uning hayotini saqlab qolgan. Shu orqali u xalqga xos yuksak jasorat, qahramonlik va fidoyilik fazilatlarini yaqqol namoyon etgani qayd etilgan.
Avval xabar berganimizdek, Xayrullo Ibadullayevga Rossiyaning RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan tomonidan Tigran Keosayan nomidagi 1 million rubl (taxminan 160 million so‘m) miqdorida mukofot taqdim etilgan edi. U mazkur mablag‘ni Qashqadaryo viloyatidagi kasal otasiga yuborishini ma’lum qildi.
"Rahmat, pullarni oldim. Ularni O‘zbekistonga jo‘nataman. Dadam kasal, to‘rtta qizim bor. Buni kutmagandim", — dedi Ibadullayev.
Shuningdek, uning rafiqasi RIA Novosti agentligiga bergan izohida turmush o‘rtog‘i avtomobil sotib olishini orzu qilayotganini aytdi.
"Turmush o‘rtog‘imning orzusi — Toshkentdan mashina va uch xonali kvartira sotib olish. Biz esa shu yerda yashashni istaymiz", — dedi u.
U, shuningdek, hozirda Sankt-Peterburg shifoxonasida davolanayotgan bolaga tezroq sog‘ayishini tilab, barcha bolalarga salomatlik yor bo‘lishini so‘radi.
"Men, albatta, turmush o‘rtog‘im bilan faxrlanaman. U mening qahramonim", — deya qo‘shimcha qildi u.
Hodisa Sankt-Peterburg shahrida sodir bo‘lgan. Ko‘p qavatli uyning 7-qavati derazasidan olti yoshli bola yiqilib tushgan. Uni hovlida ishlayotgan o‘zbekistonlik mehnat migranti Xayrullo Ibadullayev tutib qolgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bola karnizga chiqib, muvozanatni yo‘qotgan. Ibadullayev yugurib borib, uni qo‘lidan kelganicha ushlab qolgan va tanasi bilan yiqilish zarbasini yumshatgan. Har ikkisi yerga yiqilgan.
Shifokorlar bolada oyoq sinishi va ichki jarohatlar borligini ma’lum qilgan, holati barqaror. Ibadullayevning o‘zida ham panja va qovurg‘alar sinishi aniqlangan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, u Sankt-Peterburgga to‘rt oy avval ishlash uchun kelgan. Uy aholisi uni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mablag‘ yig‘ishni boshlagan.