https://oz.sputniknews.uz/20260223/mexico-tartibsizliklar-boshlanish-55881559.html
Meksikada narkokartel boshchisi yo‘q qilingach tartibsizliklar boshlandi
Meksikada narkokartel boshchisi yo‘q qilingach tartibsizliklar boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Meksikada SJNG karteli rahbari qo‘lga olinganidan keyin vafot etdi. Mamlakatning bir nechta shtatida avtomobillarga o‘t qo‘yish va yo‘l to‘siqlari qayd etildi.
2026-02-23T10:15+0500
2026-02-23T10:15+0500
2026-02-23T12:13+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
ommaviy tartibsizlik
armiya
xavfsizlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/17/55881697_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_c54ded72d8143267165ae5c8574b9164.jpg
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Meksikaning eng yirik “Yangi avlod Xalisko” (CJNG) karteli rahbari Ruben Nemesio Osegera Servantes Xalisko shtatidagi Tapalpa shahrida o‘tkazilgan maxsus operatsiya chog‘ida qo‘lga olindi va keyinroq olgan jarohatlari oqibatida vafot etdi. Bu haqda Meksika milliy mudofaa vazirligi ma’lum qildi.Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, operatsiya davomida harbiy xizmatchilarga qurolli hujum uyushtirilgan. Harbiylar javob o‘qi uzgan. To‘qnashuvda kartelning to‘rt nafar a’zosi voqea joyida halok bo‘lgan, uch nafari og‘ir yaralangan. Ulardan ayrimlari, jumladan Ruben “N” (El Mencho), Mexikoga havo transportida olib ketilayotganda vafot etgan. Yakuniy identifikatsiya vakolatli organlar tomonidan amalga oshirilishi bildirildi.Tartibsizliklar to‘lqiniKartel yetakchisining o‘limi haqidagi xabarlar ortidan mamlakatning kamida sakkizta shtatida ommaviy tartibsizliklar boshlandi.Eng keskin vaziyat Xalisko shtatida kuzatildi. Gvadalaxara shahrida avtomobillar yoqib yuborildi, halqa yo‘li va bir nechta tumanlarda yo‘llar to‘sildi. Puerto-Valyarta kurort shahrida avtobuslar va avtomobillarga o‘t qo‘yildi, yonayotgan transport vositalari yo‘llarni to‘sib qo‘ydi. Ayrim reyslar bekor qilindi, armiya va Milliy gvardiya kuchaytirilgan tartibda jalb etildi.Xalisko gubernatori Pablo Lemus Navarro “qizil trevoga rejimi” joriy etilganini ma’lum qilib, aholini uydan chiqmaslikka chaqirdi.Tartibsizliklar boshqa hududlarga ham yoyildi:– Michoakan shtatida avtomobillarga o‘t qo‘yildi va yo‘llar to‘sildi.– Guanaxuato shtatida do‘konlar va transport vositalariga hujumlar qayd etildi.– Nayarit shtatida yo‘l blokadalari va ko‘priklar atrofida o‘t qo‘yish holatlari kuzatildi.– Tamaulipas shtatida ham yo‘l to‘siqlari qayd etildi.Karib dengizi sohilidagi Kintana-Roo shtatida, jumladan Kankun atrofida, yo‘llar yopildi. Playa-del-Karmen, Tulum va Kosumel hududlarida transport vositalari va tijorat obyektlariga o‘t qo‘yilgani haqida xabarlar tarqaldi. Turistik obyektlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujumlar tasdiqlanmagan, biroq ayrim sayyohlarga mehmonxonalarda qolish tavsiya etilgan.Rasmiy pozitsiyaMeksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum fuqarolarni xotirjamlikni saqlashga chaqirdi va xavfsizlik kuchlariga minnatdorchilik bildirdi. Qator hududlarda favqulodda xavfsizlik protokollari faollashtirildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260117/eronda-tartibsizliklar-paytida-50-dan-ortiq-masjid-yoqib-yuborilgan-54870239.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/17/55881697_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_f048ce6e245c1e0f96c07eaf4d0e9519.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
meksika, yangi avlod xalisko karteli, sjng, el mencho, ruben nemesio osegera servantes, xalisko shtati, tapalpa, gvadalaxara, puerto-valyarta, kintana-roo, kankun, michoakan, guanaxuato, nayarit, tamaulipas, klaudiya sheynbaum
meksika, yangi avlod xalisko karteli, sjng, el mencho, ruben nemesio osegera servantes, xalisko shtati, tapalpa, gvadalaxara, puerto-valyarta, kintana-roo, kankun, michoakan, guanaxuato, nayarit, tamaulipas, klaudiya sheynbaum
Meksikada narkokartel boshchisi yo‘q qilingach tartibsizliklar boshlandi
10:15 23.02.2026 (yangilandi: 12:13 23.02.2026) Meksikada “Yangi avlod Xalisko” karteli rahbari qo‘lga olinganidan keyin vafot etdi. Shundan so‘ng kamida sakkizta shtatda avtomobillarga o‘t qo‘yish, yo‘llarni to‘sish va otishmalar qayd etildi
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Meksikaning eng yirik “Yangi avlod Xalisko” (CJNG) karteli rahbari Ruben Nemesio Osegera Servantes Xalisko shtatidagi Tapalpa shahrida o‘tkazilgan maxsus operatsiya chog‘ida qo‘lga olindi va keyinroq olgan jarohatlari oqibatida vafot etdi. Bu haqda Meksika milliy mudofaa vazirligi
ma’lum qildi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, operatsiya davomida harbiy xizmatchilarga qurolli hujum uyushtirilgan. Harbiylar javob o‘qi uzgan. To‘qnashuvda kartelning to‘rt nafar a’zosi voqea joyida halok bo‘lgan, uch nafari og‘ir yaralangan. Ulardan ayrimlari, jumladan Ruben “N” (El Mencho), Mexikoga havo transportida olib ketilayotganda vafot etgan. Yakuniy identifikatsiya vakolatli organlar tomonidan amalga oshirilishi bildirildi.
Kartel yetakchisining o‘limi haqidagi xabarlar ortidan mamlakatning kamida sakkizta shtatida ommaviy tartibsizliklar boshlandi.
Eng keskin vaziyat Xalisko shtatida kuzatildi. Gvadalaxara shahrida avtomobillar yoqib yuborildi, halqa yo‘li va bir nechta tumanlarda yo‘llar to‘sildi. Puerto-Valyarta kurort shahrida avtobuslar va avtomobillarga o‘t qo‘yildi, yonayotgan transport vositalari yo‘llarni to‘sib qo‘ydi. Ayrim reyslar bekor qilindi, armiya va Milliy gvardiya kuchaytirilgan tartibda jalb etildi.
Xalisko gubernatori Pablo Lemus Navarro “qizil trevoga rejimi” joriy etilganini ma’lum qilib, aholini uydan chiqmaslikka chaqirdi.
Tartibsizliklar boshqa hududlarga ham yoyildi:
– Michoakan shtatida avtomobillarga o‘t qo‘yildi va yo‘llar to‘sildi.
– Guanaxuato shtatida do‘konlar va transport vositalariga hujumlar qayd etildi.
– Nayarit shtatida yo‘l blokadalari va ko‘priklar atrofida o‘t qo‘yish holatlari kuzatildi.
– Tamaulipas shtatida ham yo‘l to‘siqlari qayd etildi.
Karib dengizi sohilidagi Kintana-Roo shtatida, jumladan Kankun atrofida, yo‘llar yopildi. Playa-del-Karmen, Tulum va Kosumel hududlarida transport vositalari va tijorat obyektlariga o‘t qo‘yilgani haqida xabarlar tarqaldi. Turistik obyektlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujumlar tasdiqlanmagan, biroq ayrim sayyohlarga mehmonxonalarda qolish tavsiya etilgan.
Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum fuqarolarni xotirjamlikni saqlashga chaqirdi va xavfsizlik kuchlariga minnatdorchilik bildirdi. Qator hududlarda favqulodda xavfsizlik protokollari faollashtirildi.