Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII urug‘lari Yoqutistondagi kriobank — yer osti muz omboriga joylashtiriladi

© press-slujba YeIKYeAES
YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2026
Obuna bo‘lish
Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan keltiriladigan urug‘lar Rossiyaning Yoqutiston hududidagi kriobankda saqlanadi. Yer osti omborida yil davomida minus 10°C harorat ta’minlanadi
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. YeOII va ShHT mamlakatlaridan keltirilgan o‘simlik urug‘lari Rossiyaning Yoqutiston hududidagi yer osti kriobankka joylashtiriladi. Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan birinchi partiyalar mart oyida kelishi kutilmoqda.
Yoqutsk yaqinida joylashgan ombor “tabiiy muzlatgich” prinsipi asosida ishlaydi: u 12 metr chuqurlikda barpo etilgan bo‘lib, yil davomida minus 10°C atrofidagi barqaror harorat saqlanadi.
Qishdagi minus 50°C sovuq maxsus konstruksiyalar orqali “yig‘ilib”, omborda asta-sekin ushlab turiladi. Bunday sharoit donli va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini deyarli muddatsiz saqlash imkonini beradi.
Hozir omborda butun Rossiya bo‘ylab to‘plangan 13 mingga yaqin namuna bor. Loyihaning joriy quvvati 100 ming namuna, kelgusida uni 1 milliongacha oshirish rejalashtirilgan. Ayrim urug‘lar bu yerda 40–50 yil davomida saqlanib, unuvchanlik darajasi 80–90 foizgacha yetadi — bu oddiy muzlatgichlardagi ko‘rsatkichdan yuqori.
Kriobank fondiga qishloq xo‘jaligi va yovvoyi o‘simliklar, shu jumladan Qizil kitobga kiritilgan turlar ham kiritilgan. Loyihaga BRIKS, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari ham qiziqish bildirmoqda. 2030-yilgacha 1 million namunaga mo‘ljallangan yangi ombor qurish rejalashtirilgan.
Prezident RSPP Aleksandr Shoxin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2026
O‘zbekiston va YeOII
So‘rov: biznes vakillarining 70 foizdan ortig‘i YeOII ta’sirini ijobiy baholadi
Yangiliklar lentasi
0