“BORLIQ OHANGLARI” — hisobot ko‘rgazmasi tantanali ravishda ochildi
19:17 22.02.2026 (yangilandi: 10:10 23.02.2026)
Obuna bo‘lish
"Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyi" katta ko‘rgazmalar zalida Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati “Mahobatli rangtasvir” kafedrasi o‘qituvchilarining “BORLIQ OHANGLARI” nomli hisobot ko‘rgazmasi tantanali ravishda ochildi.
Ko‘rgazma ekspozitsiyasi o‘qituvchilarning ijodiy izlanishlari, individual badiiy strategiyalari hamda zamonaviy mahobatli san’at kontekstidagi pedagogik pozitsiyalarini yaqqol namoyon etdi. “BORLIQ OHANGLARI” makondagi badiiy mavjudlik metaforasi sifatida talqin etildi — har bir muallif umumiy kasbiy muhit bilan uyg‘un holda o‘z vizual ifodasini namoyon qildi.

1/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“BORLIQ OHANGLARI” — hisobot ko‘rgazmasi

2/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“BORLIQ OHANGLARI” — hisobot ko‘rgazmasi

3/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“BORLIQ OHANGLARI” — hisobot ko‘rgazmasi

4/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“BORLIQ OHANGLARI” — hisobot ko‘rgazmasi

5/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“BORLIQ OHANGLARI” — hisobot ko‘rgazmasi

6/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“BORLIQ OHANGLARI” — hisobot ko‘rgazmasi

7/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“BORLIQ OHANGLARI” — hisobot ko‘rgazmasi

8/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“BORLIQ OHANGLARI” — hisobot ko‘rgazmasi

9/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“BORLIQ OHANGLARI” — hisobot ko‘rgazmasi

10/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“BORLIQ OHANGLARI” — hisobot ko‘rgazmasi

11/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“BORLIQ OHANGLARI” — hisobot ko‘rgazmasi

12/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“BORLIQ OHANGLARI” — hisobot ko‘rgazmasi

13/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“BORLIQ OHANGLARI” — hisobot ko‘rgazmasi

14/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“BORLIQ OHANGLARI” — hisobot ko‘rgazmasi

15/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“BORLIQ OHANGLARI” — hisobot ko‘rgazmasi

16/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“BORLIQ OHANGLARI” — hisobot ko‘rgazmasi

17/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“BORLIQ OHANGLARI” — hisobot ko‘rgazmasi

18/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“BORLIQ OHANGLARI” — hisobot ko‘rgazmasi

19/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“BORLIQ OHANGLARI” — hisobot ko‘rgazmasi
Rustam Bozorov asarlarida O‘zbekistonning kundalik hayoti sinchkov kuzatuv asosida tasvirlangan. “Nazarbekda bahor”, “Karamzor”, “Bo‘zsuv” manzaralarida yorug‘lik va havo harakati, surtma ritmi muhim o‘rin tutadi. “Chilonzor kafesi”, “Bog‘da”, “Mening hovlim” kabi shahar sahnalari zamonaviy Toshkent ijtimoiy muhitini aks ettiradi. “To‘y”, “Choyxona”, “Bolalar bazmi” asarlarida jamoaviy xotira va madaniy o‘zlik mavzusi ilgari suriladi.
Negina Kuchkarova dekorativ-maxobatli yo‘nalishda ijod qiladi. Uning “Buxoro”, “Xotira va g‘urur”, “Tabiat simfoniyasi”, “Flamingolar qo‘riqlagan tush” asarlarida milliy me’moriy motivlar, ramziy tasvirlar va zamonaviy stilizatsiya uyg‘unlashgan.
Azizaxon Shoymurodova realistik maktab an’analarida lirik-peyzaj va janr yo‘nalishida ijod qiladi. “Shogird va ustoz”, “Marosim”, “Yozgi hovli”, “Uchtepada bahor” asarlarida mahalladagi vorisiylik va an’analar mavzusi ochib berilgan.
Shohruh Qosimov ramziy va epik peyzaj yo‘nalishidagi asarlari bilan qatnashdi. “Boychibor (Alpomishning oti haqida)”, “Marmar tog‘lar”, “O‘zlikni anglash” kabi ishlarida tog‘ obrazi kuch va xotira metaforasi sifatida talqin etilgan.
Doston Qurbonov dekorativ-ramziy uslubda yaratilgan “Ajoyib kun”, “Tungi yog‘du”, “Mangu kuy” asarlarida uyg‘unlik va ruhiy holatni geometrik kompozitsiya va to‘yingan ranglar orqali ifoda etgan.
Zulfiya Absutovaning “Xazonrezgilik”, “Kuz oqshomi”, “Eski shahar ko‘chalari” asarlarida shahar va tabiat poetikasi matoga naqsh solish texnikasi orqali namoyon bo‘lgan.
Muhammadali Rahimov “Qirq qiz” va “Sehrli chapaqay” kinofilmlari uchun yaratilgan raqamli eskizlar seriyasini taqdim etdi. Asarlarda epik-tarixiy obrazlar va Sharq o‘rta asrlari muhiti ifodali tasvirlangan.
Komron Ummatovning “Eski Sergelida qish”, “Qish manzarasi” asarlarida tabiatning sokin va xayolchan holati mo’tadil koloristika orqali yoritilgan.
“Ushbu ko‘rgazma — nafaqat hisobot, balki zamonaviy mahobatli rangtasvirning ijodiy salohiyatini namoyon etuvchi muhim madaniy voqeadir,” — deya ta’kidladi san’atshunos Aziza Sharopova Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda.
Shuningdek, Suvankulova Maftuna, Isakova Adolat va Zulfiya Absutova hammuallifligida yaratilgan “Gulli simfoniya” fazoviy installyatsiyasi musiqiy partiturani eslatuvchi osma sferik shakllar orqali ritmik kompozitsiya hosil qildi.
Ko‘rgazma san’at ixlosmandlari va mutaxassislar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi va zamonaviy o‘zbek mahobatli rangtasviri taraqqiyotidagi muhim voqea sifatida baholandi.