Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya DXRdagi Karpovka qishlog‘ini ozod qildi

© RIA NovostiRossiyskiy voyennoslujashiy v zone provedeniya spetsoperatsii. Arxivnoe foto
Rossiyskiy voyennoslujashiy v zone provedeniya spetsoperatsii. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2026
Obuna bo‘lish
So‘nggi 24 soat ichida UQK 1200 nafardan ortq harbiy xizmatchisini yo‘qotdi.
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlarining “G‘arb” bo‘linmasi askarlari DXRdagi Karpovka qishlog‘ini nazorat ostiga oldi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.

"G‘arb" guruhi bo‘linmalari faol operatsiyalar natijasida Karpovka qishlog‘ini ozod qildi", - deyiladi bayonotda.

Rossiya kuchlari, shuningdek, Xarkov viloyatidagi Borovaya, Kovsharovka va Osinovo hamda DXRdagi Krasniy Liman qishloqlari yaqinida dushman shaxsiy tarkibi va texnikasini yo‘q qildi.
Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida Ukraina Qurolli kuchlari 1265 askari, 14 ta tank va boshqa jangovar zirhli mashinasini, 19 ta dala artilleriya qurollari, yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimi mashinasi, 122 ta transport vositasini va 172 ta uchuvchisiz apparatlarini yo‘qotgan.
Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan buyon Ukraina 1,5 mln nafardan ortiq askar, 670 ta samolyot, 283 ta vertolot, ️115 937 ta uchuvchisiz apparatlar, 650 ta zenit raketa tizimlari, 27 790 ta tank va boshqa jangovar zirhli mashina, 1 670 ta yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimi mashinalari, 33400 ta dala artilleriya qurollari, 54 938 ta maxsus harbiy transportini yo‘qotgan.
Yangiliklar lentasi
0