Kredit to‘lashda qaysi yosh vakillari intizomli emas – infografika

Obuna bo‘lish
Markaziy bank hisobotiga ko‘ra, kredit to‘lovini eng ko‘p 20-30 yoshdagilar kechiktiradi.
Markaziy bank O‘zbekistonda jismoniy shaxslar kreditlarini qaytarishning xulq-atvor va iqtisodiy omillari o‘rganilgan tadqiqotni e’lon qildi.
Tadqiqot ishi doirasida 2025-yil 1-dekabr holatiga jismoniy shaxslarning kredit portfelidagi ma’lumotlar tahlil qilingan.
Tahlilga ko‘ra, kredit to‘lovlarini kechiktirishning eng yuqori ko‘rsatkichlari 20-25 va 25-30 yoshlilar orasida kuzatilgan.
Mazkur tendensiya yoshlarda daromad o‘zgaruvchanligi, kredit tajribasi yetishmasligi va riskka moyillik bilan izohlanadi.
30 yoshdan boshlab to‘lovlarni kechiktirish darajasi pasayib boradi. 35-50 yosh orasida o‘rtacha kechiktirish darajasi 14,8-15,5 foiz atrofida barqarorlashadi. 55 yoshdan yuqori guruhlarda esa ko‘rsatkich 12,5-13,2 foiz darajasigacha pasayadi.
Batafsil – Sputnik infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0