O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar: xalqaro jamg‘arma bilan hamkorlik muhokama qilindi

© Ministerstvo ekonomiki i finansovObsujdeni perspektivi sotrudnichestva s Yevraziyskim fondom stabilizatsii i razvitiya
Obsujdeni perspektivi sotrudnichestva s Yevraziyskim fondom stabilizatsii i razvitiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda Yevrosiyo barqarorlashtirish va taraqqiyot jamg‘armasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Iqtisodiyot va moliya vaziri maslahatchisi Jasur Karshibayev Yevrosiyo barqarorlashtirish va taraqqiyot jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Andrey Shirokov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Uchrashuvda jamg‘arma faoliyati, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash instrumentlari va ishtirokchi davlatlarda amalga oshirilayotgan ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi. Xususan, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, infratuzilma va institutsional loyihalarni moliyalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar, shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, davlat moliyasini boshqarish samaradorligini oshirish va investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
Uchrashuv yakunida konstruktiv muloqotni davom ettirishga kelishildi.
Ma’lumot uchun: Yevrosiyo barqarorlashtirish va taraqqiyot jamg‘armasi 2009-yilda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, 8,5 milliard dollarlik mintaqaviy moliyaviy mexanizm hisoblanadi. Jamg‘arma inqiroz oqibatlarini yumshatish, uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlash va a’zo davlatlar iqtisodiyotlari integratsiyasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Solnechnie i vetranie elektrostansii v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2026
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekistondan Qozog‘istongacha: YeOTB hududida amalga oshirilayotgan yashil energetika loyihalari
Yangiliklar lentasi
0