OAV: AQSh harbiylari shanba kuni Eronga zarba berishga tayyor, Isroil ham urushga tayyorlanmoqda

© Sputnik / Press-slujba VS IzrailyaIstrebitel voyenno-vozdushnix sil Izrailya
Istrebitel voyenno-vozdushnix sil Izrailya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2026
Obuna bo‘lish
AQShning Eronga qarshi ehtimoliy harbiy operatsiyasi bir necha hafta davom etadigan keng ko‘lamli kampaniyaga aylanishi mumkin. Manbalarga ko‘ra, ssenariy to‘liq urushga yaqin holatni eslatmoqda.
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. AQSh harbiylari shanba kuniyoq Eronga ehtimoliy zarbalar berishga tayyor bo‘lishi mumkin, biroq prezident Donald Tramp hali yakuniy qaror qabul qilmagan.
"CBS News" ma’lumotiga ko‘ra, ehtimoliy operatsiya dam olish kunlari bilan cheklanib qolmasligi mumkin.
"Axios" nashrining yozishicha, AQShning ehtimoliy operatsiyasi o‘tgan oyda Venesueladagi harakatlardan farqli ravishda keng ko‘lamli harbiy kampaniyaga aylanishi mumkin. Manbalar bu ssenariyni “bir necha hafta davom etadigan urush” sifatida baholamoqda.
Avvalroq Donald Tramp Eron yadroviy kelishuv bo‘yicha yon berishga tayyor bo‘lmasa, Vashington harakatlarning “ikkinchi bosqichi”ga o‘tishini va bu Tehron uchun “juda og‘ir” bo‘lishini aytgan edi.
Shu bilan birga, Oq uyda Eron masalasi bo‘yicha yuqori darajadagi yig‘ilish bo‘lib o‘tgan, unda maxsus vakillar va boshqa amaldorlar ishtirok etgan.
"Axios" xabariga ko‘ra, AQSh davlat kotibi Marko Rubio fevral oxirida Eron masalasini muhokama qilish uchun Isroilga tashrif buyurishi mumkin. Nashr manbalari ehtimoliy operatsiya Isroil bilan qo‘shma tarzda amalga oshirilishi mumkinligini ham ta’kidlamoqda.
"Ynet" ma’lumotiga ko‘ra, ehtimoliy zarbalar fonida Isroil armiyasi urushga tayyorgarlikni kuchaytirgan.

"Favqulodda xizmatlar va fuqaro mudofaasiga mas’ul bo‘lgan harbiy organ — front orti qo‘mondonligiga urushga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatma berildi", — deyiladi xabarda.

"The New York Times" ma’lumotiga ko‘ra, AQSh Yaqin Sharqda ehtimoliy eskalatsiyaga tayyorgarlik doirasida o‘nlab tanker samolyotlar, 50 tadan ortiq qiruvchi va ikkita zarba beruvchi aviatashuvchi guruhini qayta yo‘naltirgan. Shu bilan birga, amerikalik rasmiylar uzoq davom etadigan kampaniya muvaffaqiyati kafolatlanmaganini ta’kidlamoqda.
"Reuters" axborot agentligi esa AQSh harbiy-dengiz kuchlarining "Gerald R. Ford" aviatashuvchisi hali Atlantika okeanida ekanini va Gibraltar bo‘g‘ozidan o‘tmaganini xabar qildi.
Shu bilan birga, Jenevada AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi ularni “konstruktiv” va “jiddiy” deb baholab, tomonlar keyingi kelishuv uchun asosiy tamoyillarni ishlab chiqqanini bildirdi.
Avianoses VMS SShA Djerald Ford proxodit Gibraltarskiy proliv. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2026
Yaqin Sharqda keskinlik: Tramp Eron tomonga yana qo‘shimcha harbiy kuch yubormoqda
Yangiliklar lentasi
0