Afg‘onistonda 500 ta musiqa asbobi yoqib yuborildi — ular shariatga zid deb topildi

© Pajhwok NewsV Afganistane sojgli 500 muzikalnix instrumentov
V Afganistane sojgli 500 muzikalnix instrumentov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2026
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonda Ezgulikni targ‘ib qilish vazirligi xodimlari Parvon viloyatida 500 tadan ortiq musiqa asbobini yoqib yubordi. Rasmiylar bu harakatni “illatlarga qarshi kurash” doirasidagi chora deb izohlamoqda.
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Afg‘onistonda Ezgulikka undash, illatlarning oldini olish va shikoyatlarni ko‘rib chiqish vazirligi (Ahloq va ezgulik vazirligi) xodimlari 500 ta musiqa asbobini yoqib yubordi.
"Pajhwok" nashrining xabar berishicha, bu buyumlar Parvon viloyati aholisidan yig‘ib olingan bo‘lib, rasmiylar tomonidan shariatga zid deb topilgan.

"Markaziy Parvon viloyatida Ezgulikka undash, illatlarning oldini olish va shikoyatlarni ko‘rib chiqish vazirligi ( departamenti 500 tadan ortiq musiqa asboblari va ularga tegishli buyumlar yoqib yuborilgani haqida xabar berdi," — deyiladi xabarda.

Departament boshlig‘i Makbul Ahmad Vakasning agentlikka ma’lum qilishicha, "turli marosimlarda raqs va bayramlarda foydalaniladigan" bu buyumlar so‘nggi bir yil ichida viloyatning ma’muriy markazi — Chorikor shahrida ham, tumanda ham yig‘ilgan.

"Musiqa asboblari Gulxandi tumanida hokimiyat vakillari, bosh razvedka boshqarmasi va boshqa vakolatli organlar ishtirokida yoqib yuborildi", — deya amaldorning so‘zlarini keltiradi agentlik.

Vakas "ushbu aksiya illatga qarshi uzluksiz kurashning bir qismi" ekanini ta’kidlab, aholini shariatga zid deb hisoblangan buyumlardan foydalanmaslikka chaqirdi.
Kobul manzarasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2026
Afg‘onistonda OAV huquqini himoya qiluvchi deyarli barcha tashkilotlar litsenziyasi bekor qilindi
Yangiliklar lentasi
0