Makkada O‘zbekiston mahsulotlari haftaligi o‘tkazilishi mumkin

© Torgovo-promishlennaya palataV Mekke mojet bit organizovana "Nedelya produksii Uzbekistana"
V Mekke mojet bit organizovana Nedelya produksii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2026
Obuna bo‘lish
Makka Savdo palatasi bosh kotibi joriy yilda Makka shahrida O‘zbekiston mahsulotlari haftaligini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Makka Savdo palatasi bosh kotibi Thamer Al-ba’zim joriy yilda Makka shahrida O‘zbekiston mahsulotlari haftaligini o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur taklif O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi birinchi o‘rinbosari Davronbek Qurbonov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv chog‘ida ilgari surildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Makka shahrida bo‘lib o‘tgan “Makkah Halal Forum 2026” ko‘rgazmasining ijobiy natijalari alohida qayd etildi.
Muzokaralar davomida tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kuchaytirish va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida qo‘shma tadbirlar tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. Xususan, O‘zbekistonda Makka tadbirkorlari ishtirokida biznes-forumlar va B2B uchrashuvlar o‘tkazish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.
Uchrashuv yakunida tomonlar takliflarni amalga oshirishga kelishib oldi.
Na vistavke Makkah Halal Forum 2026 predprinimateli iz Uzbekistana predstavlyayut svoyu produksiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2026
Made in Uzbekistan: Makkadagi halol ko‘rgazmasida o‘zbekistonlik tadbirkorlar qatnashmoqda
Yangiliklar lentasi
0