Hisobot shaffofligi: “O‘zbekiston-2030” strategiyasi nazorati raqamlashtiriladi

© Press-slujba prezidenta RTKabinet ministrov Uzbekistana
Kabinet ministrov Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2026
Obuna bo‘lish
Prezident farmoniga ko‘ra, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosini baholash tizimi to‘liq raqamlashtiriladi va natijalar “yashil”, “sariq” hamda “qizil” toifalarga ajratiladi.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. O‘zbekiston taraqqiyotining 2030-yilgacha mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari doirasida islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi. Bu haqda prezident farmoni qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida erishilgan natijalar va mavjud muammolar tahlil qilinib, aniq samaradorlik ko‘rsatkichlari belgilab beriladi.
Shuningdek, strategiya maqsadlariga erishilish jarayoni to‘liq raqamli formatda monitoring qilinadi.
Yangi raqamli platformada natijalar uch toifaga ajratiladi:
“Yashil” — ko‘rsatkichlar o‘z vaqtida va to‘liq bajarilgan;
“Sariq” — kechikish bor, ammo muammoni bartaraf etish imkoni mavjud;
“Qizil” — jiddiy kechikish yoki vazifa bajarilmagan.
“Yashil” toifadagi natijalar uchun mas’ul idoralar rag‘batlantiriladi.
“Sariq” holatlarda kechikish sabablari tahlil qilinib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli choralar belgilanadi.
“Qizil” toifadagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha mas’ul idoralar faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqiladi.
Uzbekistan v preddverii dosrochnix viborov prezidenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.12.2025
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi yangi tahrirda tayyorlandi
Yangiliklar lentasi
0